BBC navigation

Barak Obama saylovlardagi raqibi Romniga tanbeh berdi

Сўнгги янгиланиш 19 сентябр 2012 - 11:37 GMT

Qo‘shma Shtatlar Prezidenti Barak Obama respublikachi raqibi Mit Romniga tanbeh berarkan, prezidentlikka da‘vogar har qanday kishi barcha amerikaliklar uchun xizmat qilishi kerakligini aytgan.

Amerika telekanallaridan biridagi chiqishida Obama janoblari Romni 47 foiz amerikaliklarni "jabrdiyda" sifatida ta‘riflab xato qilganini ta‘kidlagan.

Barak Obama, shuningdek, 2008 yilgi saylov tunida hamma uchun, jumladan, unga ovoz bermaganlar uchun ham ishlashga va‘da berganini eslagan.

"Men prezident sifatida bir narsani o‘rgandim, siz butunboshli mamlakatning vakilisiz", degan AQSh Prezidenti.

Seshanba kuni janob Romnining xayriya to‘plash tadbirida maxfiy yozib olingan videonutqi matbuotga sizib chiqqandi.

Oshkor bo‘lgan videonutqida Mit Romni falastinliklar Yaqin Sharqda tinchlik bo‘lishini istamasliklari haqida ham gapirgan.

"Falastinliklar tinchlik qaror topishiga qiziqayotganlari yo‘q", deydi u.

Falastin bosh muzokarachisi Soyib Erekat axborot agentliklaridan biriga aytishicha, Romni falastinliklarni tinchlik istamayotganlikda ayblashi xatodir.

"Isroil bosqinini saqlab qolishni istaganlargina falastinliklar tinchlikka qiziqishmayotganini da‘vo qilishadi", deydi Falastin bosh muzokarachisi.

Avvalroq, Romni janoblari o‘z izohlarini himoya qilarkan, Fox News axborot agentligiga "hukumatga qaram" odamlar noyabrda bo‘lib o‘tadigan saylovlarda unga ovoz bermasligini bilishini aytgan.

Seshanba kuni kechda chop etilgan so‘rovlar noyabr saylovlarida natijalar anchayin yaqin bo‘lishini bashorat qiladi.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.