BBC navigation

Britaniyaning Oxus Gold kompaniyasi O‘zbekiston hukumatini sudga bergan

Сўнгги янгиланиш 20 сентябр 2012 - 11:40 GMT

Britaniyaning Oxus Gold oltin ishlab chiqarish kompaniyasi Xalqaro arbitraj mahkamasiga "Amantaytau Goldfilds" qo‘shma korxonasi va Handiza konlari uchun qo‘yilgan investitsiyalari borasida O‘zbekiston hukumatini mahkamaga tortgan.

O‘zbekiston hukumati bilan Amantaytau Goldfilds qo‘shma korxonasi tashkil etgan Britan shirkati bu borada bayonot e‘lon qilgan, bu bayonotda qo‘shma korxona yuzasidan kelib chiqqan mojaroni o‘zbekistonlik sheriklari bilan tinch yo‘lda hal etish urinishlari muvaffaqiyatsizlikka uchragani bois ushbu choraga qo‘l urishga qaror qilingan.

Shirkat murojaatida aytilishicha, ariza bilan bir qatorda 24 noyabr 1993 yil tuzilgan ikki tomonlama shartnoma qonunlarining O‘zbekiston tomonidan buzilishi oqibatida Oxusga yetkazilgan zarar miqdori to‘g‘risida hisobot va ekspertlar xulosasi ham taqdim etilgan.

Oxus va O‘zbek hukumati o‘rtasidagi kelishmovchilik kompaniyada o‘tkazilgan tekshirishlar chog‘ida Britaniya shirkati iqtisodiy qonunbuzarlikda ayblangach paydo bo‘lgan edi.

Oxus Goldning O‘zbekiston hukumatiga muammoni hal qilishni so‘rab qilgan murojaatlari javobsiz qolgach, shirkat o‘z faoliyatini to‘xtatgan va tekshiruv natijalari to‘g‘risida shikoyat qilishini ma‘lum qilgan.

2011 yil 3 martda Oxus Gold shirkati xalqaro arbitrajga murojaat qilishini bildirgan.

Shirkatga ko‘ra, O‘zbekiston tomonidan yetkazilgan zarar qariiyb 400 million AQSh dollariga tengdir.

Dunyoda eng katta oltin zahiralari joylashgan Qizilqum cho‘llarida ish olib borgan Britaniyaning shirkati bir necha bor o‘ziga yetkazilgan zararni qoplashni so‘rab ilgari ham mahkamaga murojaat etgan edi.

Oxus Gold ga ko‘ra, O‘zbek hukumati o‘zlariga hamda shirkat tasarrufidagilarga adolatsiz, noteng va tahqirlovchi muomala qilgan, Britaniya bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi bitimni buzgan holatda shirkatga to‘la himoya va xavfsizlik ta‘minlamagan.

Oxus Gold ma‘lum qilishicha, 2011 yil 21 iyul kuni Angliya Oliy mahkamasiga O‘zbekiston Moliya vazirligidan da‘vo arizasi kelib tushgan, bunda O‘zbekiston tarafi Oxus shirkatidan 10 million dollar miqdoridagi maxsus dividendni undirib berishni talab qilgan.

Shirkat bu bilan O‘zbek tomoni mahkamani kompaniya manfaatlari yoqlanishidan chalg‘itish ekanini aytgan.

Shunga qaramasdan, shirkat o‘z huquqlarini himoya qilishda davom etishini bildirgan.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.