BBC navigation

BBC tekshiruvi: bir shirkat izidan...

Сўнгги янгиланиш 30 октябр 2012 - 16:39 GMT

Би-би-си текшируви: бир ширкат изидан...

TeliaSonera Ўзбекистондаги лицензияси учун миллионлаб доллар пул тўлаганини айтган Takilant Ltd ширкати Лондонда ўзининг шўъба корхонасига эга. Би-би-си Panally Ltd қаерда жойлашгани ва қандай ширкат эканини ўрганишга ҳаракат қилган.

Томоша қилишmp4

Муқобил медиа плейерда ўйналсинми

TeliaSonera O‘zbekistondagi litsenziyasi uchun millionlab dollar pul to‘laganini aytgan Takilant Ltd shirkati Londonda o‘zining sho‘‘ba korxonasiga ega.

Gulnora Karimovaga yaqin ekani aytilgan Takilant Ltd shirkatining rahbari rasman Panally Ltd ning ham rahbaridir.

Matbuot xabarlariga ko‘ra, Shveytsariya rasmiylari uni noqonuniy pullarni yuvishda gumon qilishmoqda.

Panally LTD kompaniyasining vebsaytda joylashgan ma‘lumotlariga qaraganda, bu kompaniyaning rahbari Gayane Avakyan degan xonim.

Kompaniya 2004 yilda ro‘yxatdan o‘tgan.

Berilgan raqamlarga ko‘ra, uning toza qiymati 1.374.206, ya‘ni 2 million dollar atrofida, bankdagi mablag‘lari esa 178.510.47 funt sterlingni tashkil etadi.

Aytilishicha, shirkat 2010 yilga kelib, neki qarzlari yo kreditlari bor bo‘lsa, deyarli barini uzib bo‘lgan.

Moliyaviy hisobotda Panally LTD Takilant Ltd shirkatining shahobchasi ekani tasdiqlangan.

Panally LTD shirkatining sarmoyalari O‘zbekistonda joylashgan va Duty Free tarmog‘ida ish olib borayotgan "Central Asia Megastar" qo‘shma korxonasiga hamda ko‘chmas mulk savdosi va menejment bilan shug‘ullangan boshqa bir shirkat - Fast Development ga yotqizilgan.

2011 yilgi hisoboti bo‘yicha "Central Asia Megastar" qo‘shma korxonasidan kelgan daromad 2.715.795 AQSh dollarini tashkil etgan.

Fast Development dan daromad esa, hisobotga binoan 1.515.730 AQSh dollariga teng.

BBC Londondagi Panally LTD shirkatini ro‘yxatdan olgan Britaniya Moliyaviy Xizmatlar Idorasiga bog‘lanib, agarda bu shirkatning rahbari Shveytsariyada tergov ostida bo‘lsa, Shveytsariya xizmatlari sizlar bilan bu xususda aloqada bo‘lishdimi va bu holatda Panally LTD shirkatining taqdiri qanday bo‘ladi, deb so‘radi.

Biroq Moliyaviy Xizmatlar Idorasi bu xususda sharh berishdan bosh tortdi.

Ularga ko‘ra, basharti tekshiruv yo tergov ishlari bo‘lgan taqdirda ham jarayon tugamaguncha Idora hech qanday sharh bermaydi.

BBC tekshiruvi davom etadi.

Pahlavon Sodiq lavhasi.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.