BBC navigation

Mitinoda namoyishlar sabab masjid qurilishiga ruxsat berilmadi

Сўнгги янгиланиш 21 сентябр 2012 - 13:30 GMT

Rossiyaning Mitino tumani hokimligiga ko‘ra, Barishixa ko‘chasida qurilishi mo‘ljallangan masjid boshqa joyda ko‘chirilgan.

Oldinroq Moskva yer qurilishi qo‘mitasi tomonidan balandligi 35 metrlik masjid va Islom markazi qurilishiga ruxsat bergani ma‘lum qilingan edi.

Mitinoliklarning tumanda masjid qurilishiga qarshi noroziliklari ko‘p ming kishilik namoyishga aylangan.

Payshanba kuni rasmiylar tumanda Islom markazi va masjid qurilishi bekor qilganini aytishgan.

Moskvadagi musulmon idora rahbarlari ko‘p sonli musulmonlarga to‘rtta masjid kamlik qilayotganini bir necha bor aytib chiqishgan.

Bu murojaatlar natijasida bir necha bor qurilishga ijozat bergan mahalliy hokimiyat, aholi noroziligi bois, masjidlar qurilishini boshqa hududga ko‘chirishgani oldingi yillarda ham kuzatilgan edi.

Islom ulamolarining kamida 60 ming kishini sig‘diradigan yangi masjid kerakligi haqidagi gaplari moskvaliklarning yangitdan noroziligiga sabab bo‘lgan.

Masjidlarga sig‘magan musulmonlarning ko‘chadagi ibodatlari mahalliy aholiga yoqmaydi

Masjid qurilishi rossiyalik internet foydalanuvchilar uchun qizg‘in bahs mavzusiga aylangan.

Internetda voqeaga befarq bo‘lmaganlarni Pyatnitskiy shoh ko‘chasida namoyishga chorlagan e‘lon paydo bo‘lgach, 20 sentyabr soat 20da Mitinoda ikki mingtacha kishi yig‘iladi.

Mahalliy aholi shu joyning o‘zida masjid qurilishiga qarshi imzo to‘play boshlashadi.

Guvohlar 100 ga yaqin xavfsizlik xodimlari nazoratni kuzatib turishganini aytishgan.

Voqea joyida vaziyatni izdan chiqarishga uringan odamlar turli millatchi shiorlarni aytib qichqirishgan bo‘lsada, namoyish tinch o‘tgan.

Norozilik namoyishi ortidan masjid qurilishi bekor qilinishiga erishilgan.

Ma‘lumotlarga qaralsa, Rossiyada ayni paytda 2 milliondan ortiq musulmonlar bor.

Kuzatuvchilarga ko‘ra, ularning aksariyatini Markaziy Osiyodan tirikchilik ilinjida borganlar tashkil qilishadi.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.