BBC navigation

Afg‘on hukumati Pokiston ro‘znomalarini taqiqlagan

Сўнгги янгиланиш 24 сентябр 2012 - 10:37 GMT

Ro‘znomalaor taqiqlanishi Pokiston bilan Afg‘oniston o‘rtasidagi taranglik yanada ortayotgan vaqta to‘g‘ri kelgan.

Afg‘on rasmiylariga ko‘ra, Pokistonda nashr etiladigan ro‘znomalar mamlakat hududida ma‘n qilinadi, boisi Pokiston nashrlari Tolibon mafkurasining targ‘ibotchisi bo‘lib xizmat qilayapti.

Afg‘oniston Ichki ishlar vazirligiga ko‘ra, ro‘znomalar tolibonparast targ‘ibot bilan shug‘ullanayapti va haqiqatni yozmayapti, shuning uchun Afg‘onistonning sharqiy viloyatlarida istiqomat qiladigan va Pokiston ro‘znomalarini o‘qiydigan afg‘onlar o‘rtasida xavotirlar kelib chiqishiga sabab bo‘layapti.

Afg‘on Ichki ishlar vazirligi Nangarhor, Ko‘nar va Nuriston viloyatlariga olib kirilgan Pokiston ro‘znomalarini musodarqa qiliga buyruq bergan.

Vazirlik Afg‘oniston-Pokiston chegarasidagi eng gavjum o‘tib-qaytish nuqtasi Torhamga ko‘proq e‘tibor qaratishga, ro‘znomalarning Afg‘oniston hududiga olib o‘tilishining oldini olishga buyruq bergan.

Ushbu yangilik Pokiston bilan Afg‘oniston o‘rtasidagi taranglik yanada ortayotgan vaqta to‘g‘ri kelgan.

Shu kunlarda Afg‘oniston yana bir bor Pokistondan ikki mamlakat chegarasidagi viloyati Ko‘narga qarata raketalar otishni shu zahoti to‘xtatishni talab qilib chiqdi.

21 sentyabr kuni BMT Xavfsizlik Kengashining majlisida Afg‘oniston Tashqi ishlar vaziri Zalmay Rasul Pokiston otgan raketalar o‘nlab tinch fuqarolar o‘limiga olib keldi, deb aytgan.

BMTga ko‘ra, chegara osha hujumlar tufayli 4000 cha odam o‘zlarining doimiy yashash joylaridan ko‘chirilganlar.

Muxbirlarga ko‘ra, chegara osha raketa hujumlari Afg‘oniston uchun "juda og‘riqli" masalaga aylanmoqda, chunki aksar afg‘onlar Pokistonning Tolibon bilan tarixiy aloqalarga ega ekanligidan yaxshi xabardorlar.

O‘tgan oy Afg‘oniston Prezidenti Homid Karzay va Pokiston Prezidenti Osif Ali Zardoriy chegara osha raketa hujumlarini tekshirish maqsadida ikki mamlakat harbiylaridan tuzilgan qo‘shma harbiy hay‘atni tashkil qilishga kelishib olgan edilar.

Rasmiy Islomobod aytishicha, ushbu raketa hujumlarida Afg‘oniston hududida yashirinayotgan va chegaradan oshib o‘tib Pokiston hududiga qurolli hujumlar uyushtirayotgan Pokiston Toliboni jangarilarini nishonga olmoqda.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.