BBC navigation

"Uchuvchisiz boshqariladigan uchoqlar oddiy pokistonliklarga tahdid solmoqda"

Сўнгги янгиланиш 25 сентябр 2012 - 17:03 GMT

Amerika josuslik xizmati tomonidan Pokiston shimoli-g‘arbida uchuvchisiz boshqariladigan uchoqlardan uyushtirilgan raketa hujumi sathiga ko‘makka kelgan odamlar undan keyingi hujumlarning qurboniga aylanishgan, ayrimlari yaralanishgan.

Bu haqda Standford va Nyu York universitetlarining qo‘shma hisobotlarida aytiladi.

Yangi hisobot mualliflariga ko‘ra, jiddiy dalillar bo‘lsa-da, Amerika hukumati bu kabi hujumlarda oddiy insonlar jabr ko‘rishlarini deyarli tan olmay keladi.

Hisobotda aytilishicha, uchuvchisiz uchoqlardan ikki marotalab hujumlar qilinishi jarohatlanganlarga yordamga shoshgan mahalliy aholi yo-da boshqalar tomonidan urinishlarining kechiktirilishiga sabab bo‘lmoqda.

Ayon bo‘lishicha, bu kabi hujumlarda nishonga olinganlarning aksari yuqori lavozimli qo‘mondonlar emas, oddiy jangarilardir.

Hisobot xulosasiga ko‘ra, uchuvchisiz uchoqlardan hujumlar samarasiz, zarar yetkazuvchi va Pokiston shimoli-g‘arbida yashovchi aholi uchun ko‘plab aziyat yetkazadi.

Amerikalik yordam tashkilotlaridan birida ishlovchi va Vaziristonda faoliyat ko‘rsatgan xodimlardan birining aytishicha, bu kabi hujumlardan qo‘rquv mahalliy aholi orasida amerikaliklarda 11 sentyabr hujumlaridan so‘ng vujudga kelgan qo‘rquv bilan barobardir.

Dron hujumlarida o‘ldirilganlar orasida yuzlab tinch aholi vakillari ham bor.

Ushbu mustaqil hisobotga buyurtma bergan Britaniyaning Reprieve xayriya tashkilotiga ko‘ra, butun Vaziriston mintaqasi aholisi osmondan keluvchi o‘lim tahlikasi ostida yashaydilar.

Bu kabi hujumlarda halok bo‘lganlarning aksari jangarilar, deya ishonilsa ham o‘ldirilganlar orasida yuzlab tinch aholi vakillari ham bor.

AQSh rasmiylari uchuvchisiz uchoqlardan hujumlar haqida kamdan-kam oshkor gapiradilar.

Lekin o‘tmishda Amerika josuslik xizmati bu hujumlar aniq nishonga oluvchi, aholi orasidan qurbonlar sonini iloji boricha kamaytirish va Amerika dushmanlarini yo‘q qilishga qaratilganligini aytib kelgan.

24 sentyabr tunda ham Pokistonning qavmlar yashovchi Shimoliy Vaziriston mintaqasidagi Mir Ali shahrida dron hujumi uyushtirilgan.

Hujumda sakkiz jangari o‘ldirilgani xabar qilingan.

Ular orasida o‘zbeklar va tojiklar bo‘lgan.

O‘tgan o‘n yildirki, Pokistonning ayni shu mintaqalaridan O‘zbekiston Islomiy Harakati a‘zolari boshpana topganlar.

O‘zbekiston Islomiy Harakati o‘z rahbarlari Tohir Yo‘ldosh va Odil Usmon dronlar hujumlari oqibatida halok bo‘lgani haqida xabar tarqatgan.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.