BBC navigation

O‘zbekiston Eronga eltuvchi temir yo‘l qurishni tezlashtirgan

Сўнгги янгиланиш 27 сентябр 2012 - 15:22 GMT

Ўзбекистон Эронга элтувчи темир йўл қуришни тезлаштирган

Ўзбекистон Афғонистон орқали Эронга темир йўли қуришни жаддаллаштирган. Бу ҳақда "Ўзбекистон темир йўллари" давлат акционерлик компанияси раиси Ачилбай Раматов маълум қилган.

Тинглашmp3

Муқобил медиа плейерда ўйналсинми

O‘zbekiston Afg‘oniston orqali Eronga temir yo‘li qurishni tezlashtirmoqda. Bu haqda "O‘zbekiston temir yo‘llari" davlat aktsionerlik kompaniyasi raisi Achilbay Ramatov ma‘lum qilgan.

Eronlik hamkasbi bilan uchrashuvda u O‘zbekiston-Afg‘oniston-Eron temir yo‘li bitirilishi uchun yana 230 chaqirim masofa temir yo‘l yotqizilishi kerakligi haqida gapirgan.

O‘zbekiston temir yo‘llar davlat aktsionerlik kompaniyasi raisining Eronda hamkasbi Abdolali Sohib Muhammadi bilan uchrashgani haqida Eron nyus saytiga tayanib 12.uz sayti yozdi.

O‘zbekiston temir yo‘llar kompaniyasidan mas‘ul esa, ushbu xabarni tasdiqladi. Va u ayni damgacha O‘zbekiston Mozori sharifgacha bo‘lgan 106 chaqirim masofaga temir yo‘l yotqizganini bildirdi.

Ochiq dengiz orzusi

O‘zbekiston va Eron o‘rtasida temir yo‘l sohasida hamkorlik bo‘yicha ikitomonlama kelishuv imzolangan.

O‘zbekiston temir yo‘llari kompaniyasi raisi Achilbay Ramatov O‘zbekistonni Eron bilan bog‘lash uchun yana 230 chaqirimlik masofada qurilish ishlari olib borilayotganini aytdi.

Ikki tomon ham O‘zbekiston - Mozori Sharif- Xaf - Chobahar temir yo‘l tarmog‘ini tezroq qurib bitkazishga kirishishi bildirilgan.

Kelajakda O‘zbekiston Eron orqali ochiq dengizga chiqishni maqsad qilgan.

O‘z navbatida Eron tomonining ma‘lum qilishicha, O‘zbekiston tomoni Xitoy yo‘nalishi bo‘yicha temir yo‘l qurishni tezlashtirish majburiyatini olgan.

Ushbu yo‘l Qirg‘izistonning O‘sh viloyati orqali o‘tishi rejalangan.

O‘zbekistonning Rossiya bilan aloqalari uzoqlashayotgan bir pallada ushbu temir yo‘lning ahamiyati qanday bo‘lishi mumkin?

Biz ushbu savolni hozirda Amerikada istiqomat qilayotgan o‘zbekistonlik sobiq diplomat Toshpo‘lat Yo‘ldoshevdan so‘radik.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.