BBC navigation

Afg‘oniston: Xostdagi xudkushlik hujumida NATO askarlari doxil 14 kishi halok bo‘ldi

Сўнгги янгиланиш 1 октябр 2012 - 15:17 GMT

Afg‘oniston sharqidagi Xost shahrida sodir etilgan xudkushlik bomba hujumi oqibatida 3 nafar NATO askari doxil 14 kishi halok bo‘lgan.

NATO halok bo‘lgan askarlar millatini tasdiqlamagan, ammo muxbirlarga ko‘ra bu mintaqada amerika askarlari mavjuddir.

4 nafar afg‘on politsiya xodimining ham o‘limiga sabab bo‘lgan hujumda masu‘liyatni Tolibon o‘z bo‘yniga olgan.

Guvohlarning aytishlaricha, hujumchi askarlarning mashinadan chiqishlarini poylab turib, portlovchi uskunani ishga solgan.

Halok bo‘lganlar orasida tinch aholi vakillaridan olti kishi borligi, shuningdek, 60 dan ortiq kishi jarohatlanganligi xabar berilgan.

BBCning Afg‘onistondagi muxbirining xabar berishicha, Xostning odamlarga gavjum mavzesidan o‘tib borayotgan ittifoqchi kuchlarga tegishli harbiy mashina nishonga olingan.

Afg‘onistonning boshqa hududlarida bo‘lganidek oxirgi vaqtlarda Xostda ham zo‘ravonliklar miqyosi keskin oshgan.

O‘tgan iyun oyida ham hudkush hujumchi 3 nafar amerika askari va ularning mahalliy tarjimoni doxil 21 kishining umriga zavol bo‘lgan edi.

O‘shanda hujumchi odamlarga to‘la bozordagi tekshiruv nuqtasiga mototsiklini borib urgandi. Tekshiruv nuqtasida ham xorijiy va ham afg‘on askarlari xizmat qilayotgan edilar.

Bu hududda Tolibonga yaqin ko‘rilgan Haqqoniy tizimi yirik hujumlarni amalga oshirib turadi.

Ushbu hujumlar oqibatida xorij kuchlari Afg‘onistondagi amalityolarini boshlganlaridan beri halok bo‘lgan amerikalik askarlar soni shu kecha-kunduzda 2 mingga yetdi.

Shanba kuni Vardak viloyatidagai hujumda 3 nafar amerikalik va 3 nafar afg‘on milliy kuchlari askari o‘ldirilgandi.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.