BBC navigation

O‘zbekistonda narxlar oshishiga nisbatan bildirilayotgan fikrlar

Сўнгги янгиланиш 1 октябр 2012 - 16:49 GMT

O‘zbekiston axbrot vositalari shu yil 1 oktyabrdan boshlab tabiiy gazga narxlar 14 foizga oshirilishi haqida ma‘lum qildilar.

2012 yil mobaynida bu gaz narxlarining ikkinchi marotaba oshishidir.

Aprel oyining 1 kunidan boshlab ham gaz narxlari 14 foizga oshgani haqida ma‘lum qilingandi.

1 oktyabrdan boshlab tabiiy gazdan tashqari elektr quvvati, isitish tizimi, sovuq va issiq suv uchun to‘lovlar ham oshirilgan.

Bundan tashqari bir necha kun avval O‘zbekistondagi eng arzon buxunka noni narxi ham oshgani aytilgandi.

Narxlarning oshishi mavzusi O‘zbekistondagi Internet sahifalari forumlarida eng qizg‘in muhokama qilinayotgan mavzulardan biridir.

Olam.uz vebsahifasida bu kabi fikrlarning talayginasi bilan tanishishingiz mumkin.

O‘z fikrini qoldirgan anonim muxlislardan birining yozishicha, uni bu kabi narxlar oshishi hayron ham qoldirmaydi.

"Bu charxapalak jonga tegdi. Avval narxlarni ko‘tarishadi, keyin 2 oydan so‘ng minimal ish haqini, keyin yana narxlarni. Ana shunday aylanaveradi", deb yozgan u.

Qonunlardan xabardor yana bir forum qatnashchisiga ko‘ra, "Narxlarni belgilash, tasdiqlash va tayinlash va ularni amalga oshirish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish haqidagi nizom"ga muvofiq narxlarning oshirilishi haqida aholi 15 kun avval xabardor qilinishi kerak, matbuot esa narxlar oshishi haqida atigi 4 kun avval xabar bergan.

Hazilkashroq bir muxlisning yozishicha, endi nafas olish uchun havoga narxlarni oshirish qoldi xolos.

"Pulimni qayga sarflashni bilmay turgandim", deb yozibdi u.

Yana bir muxlis esa o‘rtaga savol tashlabdi.

"Hamma narsa bir necha barobar oshib yotgan bo‘lsa, qanday qilib bizda inflyatsiya past, deb ayta olishadi"....

"Xitoyga gaz sotish boshlandi, hech bo‘lmasa mamlakat ichidagi gaz narxlarini o‘zgartirmay ushlab tursa bo‘lmasmidi. Qish vaqtida gaz taqchilligini-yu gapirmay qo‘ya qolay...", deya fikr qoldirgan yana bir kishi.

"Bu ketishda hamma o‘tinga o‘tib ketadiku! Xalqni ham o‘ylanglar ozgina tepadagilar!!!!!!!!!!!!!!!!!!" (Bu fikrni hech qanday o‘zgartirishlarsiz keltirdik - BBC)

"Bir yilning o‘zida gaz deyarli 30 foizga oshdi! Dahshat! Odamlar qanday yashashadi, axir oldinda qish!", deb o‘z fikrini qoldirgan ruszabon muxlis.

"Agar gaz bo‘lsa to‘lashdan qochmasdik. Gaz berishmaydi, faqat pulini shilib olishadi, gazning hidi qanday bo‘lishi esimizdan ham chiqib ketgan", deya fikr bildirgan yana bir kishi.

Va yana bir kinoyali fikr: "O‘qituvchilarga yaxshi "sovg‘a" bo‘ldibdi!".

600 grammlik "buxanka" narxining 10 foizga oshirilishina nisbatan fikrlar esa asosan uning sifati haqidadir.

"victor" taxallusi ostida firk qoldirgan muxlisga ko‘ra, bu buxankani non, deb ham atab bo‘lmaydi.

"Bu non emas, nonga taqlidning o‘zginasi. Bu kabi nonga narxni oshirish emas, tushirish kerak. Xolodilnikda salasa ham ikkinchi kuniyoq achib ketadi", deb fikr qoldirgan u.

O‘zbekistonda narxlarning oshishiga nisbatan siz ham o‘z fikr-mulohazalringizni quyidagi maxsus forma orqali yoda uzbek@bbc.co.uk elektron pochtasi orqali bildirishingiz mumkin.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.