BBC navigation

Gurji parlament saylovlari: Saakashvili mag‘lubiyatni tan oldi

Сўнгги янгиланиш 2 октябр 2012 - 11:09 GMT

Saakashvili hukumatining tobora avtoritar ma‘muriyatga aylanayotgani borasidagi fikrlar parlament sayloviga ta‘sir qildi.

Gurjiston Prezidenti Mixail Saakashvili gurji televideniyesi orqali jonli chiqishida mamlakat parlament saylovlaridagi mag‘lubiyatini tan olgan.

U o‘zining bosh raqibi bo‘lmish milliarder tadbirkor Bidzina Ivanishvilining Gurji Orzusi koalitsiyasi dushanba kuni bo‘lib o‘tgan saylovda g‘olib chiqqanini aytdi.

Janob Ivanishvilining g‘alabasi Gurjistonning mustaqillik yillarida yuz bergan ilk demokratik hukumat o‘zgarishini anglatadi.

Ilk natijalar Gurji Orzusi koalitsiyasi 150 o‘rindan 77 o‘rinni egallagab ovozlar ro‘yxatida ilg‘orlik qilayotganini namoyish qilgan.

Bu galgi parlament saylovlari Prezident Saakashvili uchun o‘zi qudratga kelgan 2003 yildan buyon eng katta sinov bo‘ldi.

Prezident Mixail Saakashvili parlament saylovlari o‘zining g‘arbparast hukumati va Gurjistonda Rossiyaning qo‘li ustun bo‘lishiga yo‘l ochib beruvchi kelajak o‘rtasidagi tanlov ekanini aytgandi.

Milliarder Ivanishvili o‘z boyligini 1990-yillar boshlarida Rossiyada orttirgan.

Janob Saakashvili hukumati va Rossiya orasidagi tanglik 2008 yilda bo‘lib o‘tgan qisqa qurolli urush ortidan yanada keskinlashgan.

Ushbu qurolli nizo natijasida gurji qo‘shinlari Gurjistonning ikki bo‘lginchi mintaqasini butkul tark etishga majbur bo‘lishgandi.

Gurjiston Markaziy Saylov Hay‘atining bayonotida aytilishicha, parlament saylovlarida 61 foizga yaqin odam ishtirok etgan va ovoz berishlar "jiddiy qonunbuzarliklarsiz, tinch va shaffof bo‘lib o‘tgan".

Ammo, avvalroq, "mas‘ullar allaqachon ko‘plab qallobliklarga qo‘l urishgani"ni aytib, milliarder Ivanishvili ovoz berishdan bosh tortgan va o‘z noroziligini shu yo‘l bilan ifodalashga ham uringandi.

Gurjistondagi BBC muxbirining aytishicha, katta sondagi ovozlarni olishga muvaffaq bo‘lmagan esa-da, boshqaruvdagi partiya yana qudratga qaytishi va muxolifat o‘zini aldangan sanab, ommaviy namoyishlar ham boshlanib ketishi mumkin.

Ammo mahbuslar bilan bog‘liq mojaro tufayli gurji hukumatining obro‘siga ancha darz yetgan.

Gurji davlat televideniyesi orqali namoyish etilgan videolavhada mahbuslarning qamoqxonada qo‘riqchilar tomonidan do‘pposlanishayotgani va jinsiy zo‘rlanayotganliklari aks etgandi.

Ushbu videolavha Gurjistonda ko‘cha namoyishlariga sabab bo‘lgan va janob Ivanishviliga hukumatni "zo‘ravon" qilib ko‘rsatishga imkon bergandi.

"Amnesti Interneyshnl" xalqaro inson huquqlarini saqlash tashkilotining aytishicha esa, saylov kampaniyasi chog‘ida janob Ivanishvilining ko‘plab tarafdorlari "o‘z siyosiy qarashlarini izhor etishgani uchun jarimaga tortilgan, ishdan bo‘shatilgan, qo‘rqitilgan va yoki hibsga olinganlar".

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.