BBC navigation

O‘zbekistonda yana bir faol hibsga olindi

Сўнгги янгиланиш 3 октябр 2012 - 15:15 GMT

Faxriddin Tilloyev Toshkentdagi 2005 yildagi norozilik piketida.

Muxolifatdagi "Erk" demokratik partiyasidan xabar qilishlaricha, partiya a‘zosi va inson haqlari himoyachisi Faxriddin Tilloyev o‘zi tug‘ilib o‘sgan Boysun tuman militsiyasi xodimlari tomonidan hibsga olingan.

Faxriddin Tilloyev oxirgi kunlarda poytaxt Toshkentda bo‘lgan, u qator faollar bilan birga O‘zbekistonda mustaqil kasaba uyushmasini tashkil etish harakatlarida qatnashgan.

Toshkentning Qo‘yliq mavzesida "Mardikorlarning mustaqil kasaba uyushmasi"ga a‘zo bo‘lish varaqalarini mardikorlar orasida tarqatayotgan Faxriddin Tilloyev va Nuriddin Jumaniyozov 22 sentyabr kuni Hamza tuman Ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan hibsga olinganlar.

Yakshanba kuni ekaniga qaramasdan 23 sentyabr kuni o‘tkazilgan mahkama taniqli faol, O‘zbekistonda prezidentlik sayloviga o‘z nomzodini qonuniy yo‘llar bilan ilgari surishga intilgan Abdullo Tojiboy o‘g‘li, Faxriddin Tilloyev va Nuriddin Jumaniyozovni O‘zbekiston Ma‘muriy kodeksining 202-bandi bo‘yicha aybdor deb topgan va ularning har birini eng kam ish haqining 100 baravari miqdorida, ya‘ni 7 million 235 ming 500 so‘mlik jarimaga tortgan edi.

Hibsga olinishidan oldin Faxriddin Tilloyev BBC bilan suhbatda Surxondaryo viloyatida paxta yig‘im-terimiga majburiy safarbarlik qanday amalga oshirilayotgani haqida so‘zlab bergan.

Фахриддин Тиллоев Сурхондарё вилоятидаги пайхта йиғим-терими сафарбарлиги ҳақида

Фахриддин Тиллоевнинг Би-би-си билан суҳбати

Тинглашmp3

Муқобил медиа плейерда ўйналсинми

Safdoshlarining xabar qilishlaricha, Faxriddin Tilloyev telefon orqali o‘zining hibsga olingani haqida xabar qilishga ulgurgan, so‘ng aloqa uzilgan.

"Aftidan uning mobil telefonini tortib olishdi", deb aytgan safdoshlaridan biri.

30 sentyabr kuni jizzaxlik inson huquqlari himoyachisi O‘ktam Pardayevni yetti nafar militsiya xodimi hibsga olganlar, keyin uning 15 kecha-kunduzga qamalgani xabar qilingan.

Qarindoshlarining so‘zlariga ko‘ra, O‘ktam Pardayevni Jizzax mahkamasi odamlarni paxta yig‘im-terimiga qarshi chorlaganlikda ayblagan.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.