BBC navigation

Britaniyadan ekstraditsiya qilingan Abu Hamza AQShda mahkamaga yuz tutgan

Сўнгги янгиланиш 8 октябр 2012 - 12:01 GMT

Amerika rasmiylari Britaniyadan ekstraditsiya qilinganlardan kamida ikki nafari AQShga yetib kelganini tasdiqlaganlar.

5 oktyabr kuni Britaniya Yuqori mahkamasi taniqli radikal imom Abu Hamza va yana to‘rt terror gumondori arizalarini rad etganidan keyin ular AQShga ekstraditsiya qilinganlar, bugun ular Nyu-York shahri va Konnektikut shtati mahkamalari qarshisida paydo bo‘lishadi.

Xabar qilinishicha, besh shaxs Britaniya harbiy uchog‘ida AQShga ekstraditsiya qilinganlar.

AQSh rasmiylari uchoqlardan birida Babar Ahmad va Sayid Talxa Ahsan yetib kelganlarini tasdiqlaganlar.

Abu Hamzani olib uchgan ikkinchi uchoqning ham Amerika zaminiga borib qo‘ngani haqidagi xabarlar olingan, biroq bu xabarni AQSh rasmiylari tasdiqlaganlari yo‘q.

Sentyabr oyida Strasburgdagi Inson huquqlari bo‘yicha Ovro‘po mahkamasi besh kishining Britaniyadan AQShga ekstraditsiya qilinishlariga qarshi arizalarini rad etgan, 5 oktyabr kuni Britaniya Yuqori mahkamasi ularning appelyatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqib rad javobi berishga qaror qilgan.

Britaniya Yuqori mahkamasi qaroriga ko‘ra, Abu Hamza Masri, Babar Ahmad, Sayid Talxa Ahsan, Odil Abdul Boriy va Xolid al-Favvoz o‘zlarining ekstraditsiya etilishlarini ortga surish uchun "yangi ishonarli" vajlarni keltira olmaganlar.

O‘zining radikal va‘zlari bilan tanilgan Abu Hamzaga nisbatan AQShda 11 band bo‘yicha ayblov ilgari surilgan.

Bu ayblovlar orasida Yamanda g‘arblik insonlarni garovga olish maqsadida til biriktirish, terrorizmni moliyalash va Oregon shtatida 1998-2000 yillarda terrorchilarni tayyorlash jamlog‘ini tashkil etish ayblovlari bor.

Abu Hamzaning ekstraditsiya qilinishi bilan bog‘liq huquqiy "jang" Britaniyada sakkiz yil davom etdi.

Babar Ahmad va Sayid Talxa Ahsan esa Konnektikut shtati mahkamasi bilan yuzma-yuz kelishadi.

Ularga AQSh hududida Azzam.com jihodchi web-saytini tashkil qilish va terrorchilarga moliyaviy yordam berish ayblovlari qo‘yilgan.

Xolid al-Favvoz va Odil Abdul Boriylarga Usoma bin Lodinning Londondagi asosiy yordamchilari degan ayblov qo‘yilgan.

Abu Hamzaning Amerikaga ekstraditsiya qilinishi bilan bog‘liq huquqiy "jang" Britaniyada sakkiz yil davom etdi.

Hozirgi paytda u Britaniya hududida zo‘ravonlikni targ‘ib qilish va milliy nizolarni qo‘zg‘ash aybi bilan yetti yillik qamoq jazosini o‘tamoqda.

Asli ismi Mustafo Kamol Mustafo bo‘lgan Abu Hamza Misrda tug‘ilgan.

U 1979 yil Londonga muhandislikka o‘qishga kelgan.

1990 yillarning boshida Afg‘onistonga ketib, o‘zining aytishicha, "kofirlarga qarshi muqaddas urush"da qatnashadi.

U London shahridagi Finsburi park masjidida imomlik qilib, musulmonlar orasida o‘zining va‘zlari bilan taniladi.

Abu Hamza o‘zining terrorizmga aloqadorligini rad qilib keladi.

Abu Hamzaning advokatlari u Amerikaga berilsa, unga bir umrlik qamoq jazosi berilishi mumkinligidan, qamoqda noinsoniy munosabatlarga duchor bo‘lishidan xavotirlarini bildirishgan.

--------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

Fikr va mulohazalarni BBCning tahririy mezonlari bilan ko‘rib chiqqandan keyin e‘lon qilishimiz mumkin.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.