BBC navigation

BBCUzbek.com web-saytidagi maqolalarga kim qanday munosabat bildirmoqda?

Сўнгги янгиланиш 11 октябр 2012 - 15:15 GMT

BBCUzbek.com web-saytidagi maqolalarga kim qanday munosabat bildirmoqda?

Web-saytimizda 6 oktyabr kuni e‘lon qilingan maqola Shveytsariya bankining maktubi deb ishonilgan hujjatning internetga sizib chiqqaniga bag‘ishlangan.

бу ерга босинг Sirqib chiqqan maktub tergovni Gulnora Karimovaga bog‘laydi

Ushbu maqolaga internet sahifamiz o‘quvchisi Absamat munosabati:

Savollarni barchasi provokatsion, silaga qolsa zatsepka topsaldaringde, keyin kovlasalaring...

BBCUzbek.comda 5 oktyabr kuni e‘lon qilingan maqola BBCning Mexikodagi muxbiri Uill Grant maqolasi.

U Ozarbayjonning sobiq prezidenti Haydar Aliyevga Mexiko shahridagi xiyobonlaridan birida haykal qo‘yilganiga bag‘ishlanadi.

бу ерга босинг Haydar Aliyevning haykali nega Meksikada mashmashalarga sabab bo‘lmoqda?


Marhum Haydar Aliyevga haykal qo‘yilganiga Otabek Sunnatov munosabati:

Menimcha Meksikadagi xaykal tez orada vayron etiladi.

Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Dushanbega tashrifi payti Rossiya bazasining Tojikiston hududida qolishi muddati yana 30 yilga uzaytirildi. Ushbu tashrif Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmonning tug‘ilgan kuniga to‘g‘ri keldi. Janob Putin janob Rahmonga tug‘ilgan kuni munosabati bilan vintovka sovg‘a qildi.

бу ерга босинг Rossiya harbiy bazasi Tojikistonda yana 30 yilga qoladi


Rossiyadan "Tongotar" shunday yozadi:

Putin Rahmonga qilgan qurol sovg‘asi u nimani belgisi? Qirg‘izistonda, Tojikistonda harbiy bazalarni kuchaytirishiga qaraganda O‘rta Osiyoni aylana boshlagan Putin bu nomi mustaqil bo‘lgan qo‘shnilar qayoqqa qadam bosishganini bilmayaptimikan?

Shu kunlarda Toshkentda Prezident Islom Karimov qizi Gulnora Karimova ochib bergan ArtWeek Style.uz-2012 san‘at haftaligi bo‘lib o‘tmoqda.

бу ерга босинг Vyacheslav Oxunov: "ArtWeek Style.uz -Gulnora Karimova uchun hozirlangan tomosha"


Toshkandi azim dan "five mister" taxallusi bilan maktub yo‘llagan o‘quvchimiz:

Bu dabdaba o‘z yo‘liga o‘tadi-ketadi. Lekin bir narsa qiynaydi, ushbu dabdabaga xalqning yoki soliq to‘lovchilarning qanchadan-qancha puli sarflanishi hammani qiziqtiradi va ko‘ngilda hozirgi sharoitda og‘riqli nuqta keltiradi...

Rossiyada o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Akbar Sapayevning o‘limida aybdor deb topilgan militsionerlar jazo muddati kamaytirilgani haqida xabar bergan edik.

бу ерга босинг Rossiya: o‘zbek muhojirini o‘ldirgan militsionerlarning jazo muddati kamaytirildi


Rafiqjon shunday yozadi:

Rasman kechirim so'rash oson, "juda afsusdamiz" deb, ammo o'sha yigitlarni otasi yoki onasini o'rniga o'zini qo'yib ko'rsin birinchi o'sha boshqarma boshlig'i. Bu bir oshkora bo'lib ketgan voqea, ochilmagani qancha. Bunday yovuzlik qilayotgan "qaxramon" lar xorijda bir kun musofirlikda yashab ko'rganda bilar edi, insoniylik nima ekanligini. Bunday yovuzlik qaytarilmasligi uchun jazo ayovsiz bo'lishi kerak, bu davlatni kelajagi, fuqorolarini tinchligi uchun ham foydali bo'lar edi.

Toshkentdan Fazliddin esa bu yilgi paxta yig‘im-terimi mavsumining borishidan shikoyat qilgan hamshirani tanqid qilgan:

Paxta terish bu qullik yoki bir azob emas. Qandaydir bir betayinni gapi bilan fikr qilish kerak emas. Insonda ozgina bo'lsa ham Vatanparvarlik bo'lishi kerak. Men uchun paxta terish-bu dam olish demakdir. Men xam paxta terganman va bundan nolimayman.

-----------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

Fikr va mulohazalarni BBCning tahririy mezonlari bilan ko‘rib chiqqandan keyin e‘lon qilishimiz mumkin.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.