BBC navigation

Gulnora Karimova ikkinchi videoklipini ommaga taqdim qilmoqchi

Сўнгги янгиланиш 8 октябр 2012 - 14:54 GMT

Rossiyaning RIA Novosti axborot agentligi xabar qilishicha, Prezident Karimov to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimova Toshkentda o‘tayotgan Art Week Style.uz-2012 san‘at haftaligi doirasida o‘zining ikkinchi musiqiy klipini e‘lon qilishini aytgan.

"Ikkinchi klipni biz tadbirlar doirasida o‘zimizning kiyimlarimiz namoyishi taqdimoti, yangi aromat taqdimoti bilan taqdim etamiz, bularning hammasini kosmetika kollektsiyasi chiroyli qilib yakuniga yetkazadi", deb aytgan Gulnora Karimova.

RIA Novosti axborot agentligi muxbiriga ko‘ra, 6 oktyabr kuni Art Week Style.uz-2012 haftaligi doirasida o‘tkazilgan matbuot anjumanida Gulnora Karimova o‘zining qo‘shiqlari albomi bir yil oldin chiqqanini aytgan, biroq "uni bu ancha qiziq produkt ekaniga ishontirishganidan keyin" keng ommaga taqdim etilgan.

Karimova xonim ushbu matbuot anjumanida o‘zi yakkaxon kontsert bermoqchi emasligini aytgani haqida xabar qilgan RIA Novosti muxbiri.

Googoosha taxallusi bilan qo‘shiqlarini taqdim etadigan Gulnora Karimova shu yil yozda ingliz tilidagi "Round Run" deb nomlangan qo‘shig‘ini taqdim qilgan, qo‘shiqning Buxoro shahrida tasvirga olingan videoklipi avgust oyida e‘lon qilingan edi.

Toshkentdagi matbuot anjumanida Karimova xonimning aytishicha, o‘zining videoklipi "qariyb bir million marta" tomosha qilingan.

"Round Run" videoklipi tomoshabinlar tomonidan turlicha qabul qilindi.

Olqishu-maqtovlar bilan birga bu klip Buxoro shahrining qadimiy obidalarini oyoqosti qilgani haqidagi keskin tanqidlar bildirildi.

------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

Fikr va mulohazalarni BBCning tahririy mezonlari bilan ko‘rib chiqqandan keyin e‘lon qilishimiz mumkin.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.