BBC navigation

Eski avtomobillar Qamchiq dovoniga qo‘yilmayapti

Сўнгги янгиланиш 8 октябр 2012 - 17:08 GMT

Yil sayin "yosh avtomobillar"ning Qamchiqqa chiqishiga ijozat beriladi.

1 oktyabrdan Farg‘ona vodiysi viloyatlarini O‘zbekistonning boshqa hududlari bilan quruqlik orqali bog‘laydigan Qamchiq dovonidan yurmoqchi bo‘lgan avtomobillar texnik holati tekshiriladigan yangi tartib joriy etilgan.

Yangi qaror asosan baland tog‘li yo‘ldan yuradigan yuk avtomobillariga qaratilgan.

Endi agar avtomobil 25 yil oldin ishlab chiqarilgan bo‘lsa, bunday transport vositasining dovon yo‘liga chiqishiga ruxsat etilmaydi.

Va Qamchiq dovonidan yurish uchun O‘zbekistonda tegishli idoralardan avtomobil uchun ruxsatnoma olish talab qilinadi.

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi va O‘zbekiston Avtomobil va Daryo transporti agentligi tasdiqlagan qarorga ko‘ra, 2014 yil o‘rtasidan 20 yillik yuk avtomobillari, 2016 yil 1 iyulidan esa ishlab chiqarilganiga 15 yil to‘lgan transport vositalarining Qamchiqqa chiqishi taqiqlanadi.

Asli nomi "kam chiq" so‘zlaridan olingan deb aytiladigan Qamchiq dovoni Toshkent viloyatini Namangan viloyati bilan bog‘laydi.

Dovon balandligi dengiz sathidan 1200 metrdan baland.

O‘zbekiston mustaqilligi yillarida Qamchiq dovonidan o‘tadigan avtomobil yo‘lini kengaytirish va xavfsizligini oshirish yo‘lida keng miqyosli ishlar amalga oshirildi.

Qish paytida qor ko‘chkilari ko‘p yuz beradigan joylarida ikki tunnel qurib foydalanishga topshirildi.

Qor ko‘chkilari xavfi yuzaga kelganda dovon orqali qatnov to‘xtatib qo‘yiladi.

Shunga qaramasdan, Qamchiqda insonlar halok bo‘lishiga olib kelgan qor ko‘chkilari, baxtsiz yo‘l-transport hodisalari ro‘y bergan.

--------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

Fikr va mulohazalarni BBCning tahririy mezonlari bilan ko‘rib chiqqandan keyin e‘lon qilishimiz mumkin.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.