BBC navigation

"Dastan" shirkatining qurollari qanday qilib Suriya isyonchilari qo‘liga tushib qoldi?

Сўнгги янгиланиш 9 октябр 2012 - 14:45 GMT

Ukraina Tashqi ishlar vazirligi Suriyaga hech qanaqa qurol-yarog‘ yetkazib bermayotgani haqida bayonot e‘lon qilgan.

Bundan oldin BBC muxbiri Halab shahridagi masjidda Ukrainada Saudiya Arabistoniga yo‘llangan qurollar saqlanayotganini ko‘rgan.

"Ukraina Suriyaga bunday mahsulot yetkazib bermagan va yetkazib bermayapti", deb aytgan Ukraina Tashqi ishlar vazirligi mulozimi Aleksandr Dikusarov.

BBC muxbiri Halab(Aleppo)dagi masjidda uchta kichik qurol-yarog‘ yashigini ko‘rgan, uning ichida nimalar borligini ko‘rishga Suriyadagi Bashar al-Assad hukumatiga qarshi jang qilayotgan isyonchilar ruxsat bermaganlar.

Yashiklar ustida ushbu yuk Ukrainadan Saudiya Arabistoniga 2010 yilda yuborilgani haqidagi yozuvlar bo‘lgan.

Ukraina Tashqi ishlar vazirligiga ko‘ra, 2010 yilda Saudiya Arabistoni bilan Ukraina o‘rtasida qurol-yarog‘ yetkazib berish bo‘yicha bitim imzolangan, bu bitim "xalqaro talablarga" to‘la javob beradi.

Hozircha Saudiya Arabistoni bu borada biror sharh bermagan.

Yashiklardagi yozuvlarga ko‘ra, bu yashiklar Ukrainaning "Dastan" deb nomlangan shirkatidan yuborilgan.

"Dastan" deb nomlangan shirkat dengiz qurollari va raketa komplekslari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

Shirkat vakillari BBC bilan suhbatda Suriyadagi isyonchilar qo‘liga tushib qolgan qurol-yarog‘ borasida sharx berishdan bosh tortganlar, "Dastan" bilan Saudiya Arabistoni o‘rtasida muloqot yo‘qligini aytganlar

Yashiklarda "LP" yozuvini ko‘rish mumkin.

Ularning ichidagi Lugansk Patron zavodi mahsulotlari bo‘lishi mumkin.

Lugansk Patron zavodi 1895 yilda tashkil etilgan, bu zavod hali Sho‘rolar zamonidanoq o‘qotar qurollar uchun yarog‘ ishlab chiqaradigan korxona hisoblanadi.

BBC muxbirlariga ko‘ra, Suriyadagi isyonchilar orasidagi manbalar Saudiya Arabistoni va Qatardan qurol-yarog‘ olayotganlarini yashirayotganlari yo‘q.

"New York Times" ro‘znomasi bu ikki mamlakat suriyalik jangarilarni kichik qurol-yarog‘ bilan ta‘minlayotgani haqida xabar qilgan, lekin ular hozircha og‘ir qurollar berishdan tiyilib turganini aytgan.

--------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

Fikr va mulohazalarni BBCning tahririy mezonlari bilan ko‘rib chiqqandan keyin e‘lon qilishimiz mumkin.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.