BBC navigation

Turkiya yana bir ko‘chasini Qozog‘iston prezidentining nomi bilan atadi

Сўнгги янгиланиш 10 октябр 2012 - 14:32 GMT

Kirshehir shahri ma‘murlariga ko‘ra, ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashdagi xizmatlari uchun qozoq rahbarini siylashga qaror qilishgan

Bu gal bunday tashabbus bilan Turkiyaning markaziy Kirshehir shahri ma‘murlari chiqishgan.

Shahar markaziy ko‘chalaridan birining Nursulton Nazarboyev deb atalishiga bag‘ishlangan marosim Qozog‘iston rahbarining Turkiyaga rasmiy tashrifi arafasida kuzatilmoqda.

Qozog‘iston prezidentining Turkiyaga ikki kunlik safari ertaga - 11 oktyabr kuni boshlanadi.

Kirshehir shahri ma‘murlariga ko‘ra, ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashdagi xizmatlari uchun qozoq rahbarini siylashga qaror qilishgan.

"Prezident Nazarboyev tom ma‘noda turk dunyosining oqsoqoli va barchaning hurmatiga loyiq shaxs", deb aytgan turkiyalik mulozimlardan O‘zdemir Kachajik rasmiy tadbir chog‘ida.

O‘tgan yil Turkiyaning Nevshehir shahri mas‘ullari ham markaziy ko‘chalaridan biriga Qozog‘iston rahbarining nomini berishga qaror qilishgandi.

Prezident Nursulton Nazarboyevning Turkiyaga safari chog‘ida prezident Abdulla Gul va Bosh vazir Rajab Toyib Erdo‘g‘onlar bilan uchrashuvlari rejalangan.

Tomonlarning iqtisodiy, ilmiy, madaniy va insonparvarlik sohalarida ikki tomonlama o‘zaro manfaatli hamkorlikni kuchaytirish masalasiga e‘tibor qaratishlari kutilmoqda.

Yaqin hamkorlik

Turkiya va Qozog‘istonni chuqur tarixiy va madaniy aloqalar bog‘lab turadi.

Ikkovlon 2009 yilda strategik hamkorlikka oid shartnoma ham imzolashgandi.

Biroq bu ikki davlatni nihoyatda jipslashtirib turgani - biznes va savdo aloqalaridir.

2008 yilda ikki davlat orasidagi savdo hajmi 3 milliard dollarni tashkil etgan bo‘lsa, Turkiya Prezidenti Abdulla Gul Qozog‘istonga so‘nggi safari chog‘ida ushbu raqamlarni 10 milliard dollarga yetkazish istagida ekanini aytgandi.

Turkiya shirkatlari hozir Qozog‘istonning yanada daromadli energiya va konchilik tarmoqlariga ko‘z tikishmoqda.

Rossiya, Qozog‘iston va Belarus orasida yaqinda imzolangan yagona bojxona ittifoqiga oid bitim esa, Turkiyaning Qozog‘istonga qiziqishlarini yanada kuchaytirgan.

Qozog‘iston Turkiyada doimo ishonchli hamkorini ko‘rib kelgan.

Turkiya tomoni turk dunyosi uchun qilgan xizmatlarini qadrlab, ikki yil avval poytaxt Anqarada prezident Nursulton Nazarboyevga haykal ham qo‘ygandi.

Yaqinda Falastin muxtoriyati rahbari Mahmud Abbos ham Rossiya prezidentining tashrifi arafasida payg‘ambar Iso Masih(s.a.v) tavallud topgani aytiluvchi qadam va muqaddas Baytulahm shahridagi bir ko‘chaga Vladimir Putin nomini bergandi.

-----------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.
Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring. BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.