BBC navigation

"Uzdunrobita" apellyatsiyasi yuzasidan hukm oktyabr oyiga qoldirildi

Сўнгги янгиланиш 10 октябр 2012 - 16:28 GMT

MTS o‘ziga qarshi ilgari surilayotgan ayblovlarni rad etib keladi

MTS shu‘ba korxonasining litsenziyasining to‘xtatilishi va olib qo‘yilishiga oid mahkama qarori yuzasidan qilgan shikoyat arizalarini ko‘rib chiqqan O‘zbekiston Oliy Xo‘jalik sudi kecha xuddi ana shunday qarorga keldi.

O‘zbekiston mobil aloqa bozoridagi eng yirik shirkat bo‘lgan MTS litsenziyasi shu yil iyul oyida dastlab 10 kun, keyin 3 oyga va avgust oyida esa, butunlay to‘xtatilgandi.

Bunga shirkat faoliyatida yo‘l qo‘yilgan qator qonunbuzarliklar sabab ekani aytilgandi.

Bu haqda xabar tarqatgan Uzmetronom.com mustaqil internet nashrining yozishicha, bir yarim soat davom etgan mahkama jarayonida qarama-qarshi tomonlar o‘z foydalariga biror bir yangi da‘vo keltira olishmagan.

Xabardan ayon bo‘lishicha, 16 oktyabr kuni "Uzdunrobita" shirkatining to‘rt boshqaruvchisi tomonidan berilgan shikoyat arizalari ham ko‘rib chiqiladi.

Mahkama o‘tgan sentyabr oyida to‘rttovlonni iqtisodiy jinoyatlarda ayblab, 3 yillik shartli qamoq jazosiga hukm etgandi.

O‘z o‘rnida, shu‘ba korxonasi aktivlari va mol-mulklarining davlat ixtiyoriga o‘tkazilishini ham ma‘lum qilgandi.

MTS o‘z xodimlariga nisbatan ilgari surilgan ayblovlar asossiz ekanini aytib keladi.

Tarixcha o‘rnida

"Uzdunrobita" shirkati xodimlari shu yil iyun oyida hibsga olinishgan va mahkama ishi avgust oyi oxirlarida boshlangandi.

Buning ortidan MTS shirkati O‘zbek hukumatini xalqaro mahkamaga tortish tahdidi bilan ham chiqqandi.

Shirkat o‘ziga qarshi ayblarni bekor qilmasa, O‘zbekistonga qarshi Rossiya va AQSh hukumatlaridan ham siyosiy vosita sifatida foydalanish niyatida ekanini bayon qilgandi.

O‘zbek hukumati MTSga qarshi qator iqtisodiy jinoyatlar bo‘yicha ish qo‘zg‘agandi.

Buning natijasida mamlakatdagi eng yirik mobil aloqa operatori faoliyati to‘xtab, millionlab odamlar telefon aloqasidan mahrum qolishgandi.

MTSning O‘zbekistondagi "Uzdunrobita" shirkatida ishlagan qator rahbar xodimlar hibsga olingan, shirkat mulklari muzlatilgan hamda faoliyat yuritishiga oid barcha ruxsatnomalari bekor qilingandi.

G‘arb matbuotiga ko‘ra, bularning barchasi oqibatida MTS shirkati 1 milliard AQSh dollaridan ko‘proq yo‘qotishga uchragan.

MTS o‘ziga qarshi ilgari surilayotgan ayblovlarni rad etib keladi.

O‘zbekistonda faoliyat yuritgan ko‘plab xorijiy shirkatlar bu mamlakatda tijorat yuritish o‘ta qiyinligini, korruptsiya avjiga chiqqanini va xususiy mulk hamda tijoratlarga hech qanday kafolat berilmasligini aytishadi.

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.
Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring. BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.