BBC navigation

google.co.uz deb yozib Gulshan Qorayevaning "jinoyat"ini topishgan

Сўнгги янгиланиш 11 октябр 2012 - 15:40 GMT

Gulshan Qorayeva o‘zi va oilasiga nisbatan bosimlar bo‘lib kelayotgani, jinoiy ish o‘ziga qarshi kampaniyaning bir qismi ekaniga ishonishini aytadi.

Qarshilik inson huquqlari himoyachisi Gulshan Qorayevaga nisbatan rasman ayblov ilgari surilgan, Gulshan Qorayevani Internetda yozgan maqolalari uchun ayblashga urinilgan dastlabki tergov xulosasining o‘zining O‘zbekiston qonunchiligiga qanchalar mos kelishi haqidagi savollar yuzaga kelgan.

Bundan oldin o‘zbekistonlik inson huquqlari himoyachilarining bo‘yniga soxta ayblar qo‘yilganini inobatga oladigan ularning mahalliy va xorijdagi hamkasblari Gulshan Qorayevani ham O‘zbekiston hukumati birovga tuhmat qilishda ayblab, aslida uni inson haqlari himoyachisi sifatidagi faoliyati uchun jazolamoqchi bo‘layotganiga ishonishlarini aytishadi.

Qarshi shahar militsiyasi tergovchisining qalamiga mansub va Qarshi shahrining prokurori tasdiqlagan ayblov xulosasi "2012 yil 05 sentyabr kuni "google.co.uz" sayti orqali "Karayeva Gulshan" so‘rovi orqali mazkur login bilan bog‘liq ma‘lumotlar qidirib ko‘rilganda" deb boshlanadi.

Bu esa qarshilik huquq-tartibot organlarining Gulshan Qorayevaga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atishlariga kimningdir Gulshan Qorayeva ustidan yozgan va o‘zlariga kelib tushgan shikoyat arizasi sabab bo‘lmaganini anglatadi.

Shu bilan birga ayblov xulosasida maqolasi internetda e‘lon qilingan shaxs bu maqolaga munosabat bildirib forumda qoldirilgan izoh yoki sharh uchun ham javobgarmi yoki yo‘qligi ochiqlanmaydi.

Qarshilik militsiya leytenant va polkovnigi va bu matnning O‘zbekiston qonunchiligiga to‘la mos kelishini tasdiqlagan prokurorga ko‘ra, ayblov ilgari surilgan shaxs allaqachon bo‘yniga qo‘yilgan ayblarga to‘la iqror bo‘lib ulgurgan.

Ayblov xulosasi matni bilan tanishgan faollarga ko‘ra, bu aybdorligi isbotlansa-isbotlanmasa ham hukumat tanqidchisi bo‘lgan faolni jazolash harakatidan boshqa narsa emas.

Gulshan Qorayeva Qarshi shahri va Qashqadaryo viloyatidagi inson huquqlarining poymol etilishi, viloyat va respublika miqyosidagi mansabdorlarning noqonuniy amallarini tanqid qilib keladigan faoldir.

U o‘ziga Milliy Xavfsizlik xizmati bilan hamkorlik qilish taklifini ilgari surganlari, bunga rad javobi berganidan keyin o‘ziga nisbatan bosimlar yanada kuchaygani haqida xabar tarqatgan.

Ushbu xabar tarqalganidan ko‘p o‘tmay, Gulshan Qorayeva yashaydigan uy devoriga uyatsiz, haqoratli yozuvlar yozib ketilgan.

Inson huquqlarini himoya qiluvchi Human Rights Watch tashkiloti O‘zbekiston hukumatini Gulshan Qoreva bilan bog‘liq holatga befarq qaramaslikka chaqirgan.

So‘nggi ayblov xulosasiga ham Gulshan Qorayevani jazolash amali sifatida qaralmoqda.

Gulshan Qorayeva o‘zi va oilasiga nisbatan bosimlar bo‘lib kelayotgani, jinoiy ish o‘ziga qarshi kampaniyaning bir qismi ekaniga ishonishini aytadi.

--------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

Fikr va mulohazalarni BBCning tahririy mezonlari bilan ko‘rib chiqqandan keyin e‘lon qilishimiz mumkin.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.