BBC navigation

Turkiya va Qozog‘iston savdo hajmini ko‘paytirmoqchi

Сўнгги янгиланиш 12 октябр 2012 - 15:19 GMT

Prezident Nazarboyev Erdo‘g‘onni Qozog‘iston davlat medali bilan taqdirlagan

Turkiya Bosh vaziri Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Qozog‘iston bilan savdo hajmini 10 milliard dollarga yetkazish mo‘ljallanayotganini aytgan.

Bu haqda janob Erdo‘g‘on Anqarada, Prezident Nazarboyev bilan qo‘shma matbout anjumanida ma‘lum qilgan.

Janob Nazarboyev Turkiya bosh vaziri bilan iqtsodiy, ta‘lim va madaniyat sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama etganliklari, shuningdek, Yaqin Sharq, Afg‘oniston va Suriyadagi vaziyat yuzasidan fikr almashganliklarini aytgan.

Qozog‘iston rahbari Erdo‘g‘onni davlat medali bilan taqdirlagan.

Janob Nazarboyevga ko‘ra, o‘tgan o‘n yillikda Turkiya "juda katta yo‘lni bosib o‘tgan" va dunyoning 10 ta yirik iqtisodidan biriga aylangan.

Prezident Nazarboyevning Turkiyaga safari chog‘ida ikki davlat o‘rtasida umumiy qiymati 2.4 milliard dollarga teng shartnomalar imzolangan.

Turkiya Prezidenti Abdulloh Gul Qozog‘iston bilan aloqalarni strategik hamkorlik shartlari asosida rivojlantirishlarini aytgan.

---------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.
Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring. BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.