BBC navigation

BMT: Afg‘oniston hukumati Tolibon bilan norasmiy muloqot o‘tkazishi kerak

Сўнгги янгиланиш 15 октябр 2012 - 15:30 GMT

Yan Kubishga ko‘ra, Afg‘oniston hukumati Tolibon bilan norasmiy muzokaralarni boshlashi lozim

Afg‘onistondagi BMT idorasining rahbari Yan Kubish Afg‘onistondagi barcha siyosiy kuchlar, jumladan aksil hukumat kuchlari bilan norasmiy muloqot boshlash niyatini bildirdi.

Yan Kubish so‘zlariga ko‘ra, ilk uchrashuv joriy yil oxiriga qadar bo‘lib o‘tishi kerak.

Yil boshida Tolibon bilan rasmiy muzokaralar o‘tkazish harakatlari natija bermagandi.

Bunga Tolibon rahbariyatining ularda ishtirok etish niyati yo‘qligi sabab bo‘lgandi.

Oxirgi oylarda Afg‘onistondagi barcha siyosiy kuchlar bilan norasmiy uchrashuvlar o‘tkazish uchun bir necha bor harakat qilindi.

Iyul oyida Afg‘oniston bo‘yicha Tokio xalqaro anjumani chorcho‘basida Yaponiya universiteti Tolibon harakatining ikki yuqori mulozimi ishtirokida uchrashuv tashkil etdi.

Iyun oyida esa Parijda yana bir tadbir yo‘lga qo‘yildi.

Mazkur tadbirda Afg‘oniston hukumati va Tolibon vakillari ishtirok etishdi.

-------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.