BBC navigation

Tojikiston: talabalarning xalqaro anjumanlarda qatnashishlari cheklanadi

Сўнгги янгиланиш 18 октябр 2012 - 15:23 GMT

Kuzatuvchilarga ko‘ra, Tojikiston Rossiyaning xorijiy nohukumat tashkilotlari haqidagi qonunidan nusxa ko‘chirmoqda.

Tojikiston ta‘lim vazirligi oliy o‘quv yurtlari rahbarlariga ko‘rsatma yo‘llab, talabalarning xorijiy tashkilotlar tomonidan uyushtirilayotgan anjumanlarda ishtiroklari ustidan qattiqroq nazorat o‘rnatishni tavsiya qilgan.

Rasmiylarga ko‘ra bu kabi anjumanlarga borish talablarni "o‘qishdan chalg‘itadi".

Kuzatuvchilarga ko‘ra, Tojikiston bu borada Rossiyada xorijiy nohukumat tashkilotlari haqida qabul qilingan qonundan nusxa ko‘chirishga urinmoqda.

Dushanbedagi BBC muxbiri Anora Sarkorovaning xabar berishicha, Tojikiston Ta‘lim vazirligida bu boradagi rasmiy xat tavsiyanoma xarakteriga ega bo‘lib, uni ijro etish majburiy emasligini ta‘kidlashgan.

Rasmiy xatda o‘quv yurtlari rahbarlariga o‘z talabalarining xalqaro tashkilotlar tomonidan moliyalangan seminar va konferentsiyalarda ishtirok etishiga alohida diqqat bilan munosabatda bo‘lish tavsiya etiladi.

O‘z navbatida Ta‘lim vazirligi mulozimlari talabalarga ham bu kabi anjumanlar haqida shunchaki xabardor qilibgina qolmay, ularning maqsadi va ko‘tarilishi mumkin bo‘lgan mavzular haqida o‘quv yurti mas‘ullariga batafsil ma‘lumot berishni tavsiya etganlar.

"Siyosat yo‘q"

"Talabalar nazorat ostida bo‘lishlari lozim. Barcha tadbirlar avvaldan kelishilishi kerak. Bu qarorda hech qanday siyosat yo‘q. Talabalar seminar va konferentsiyalarda emas, balki o‘qishda bo‘lishlari kerak",- deb aytgan Vazirlikning Oliy ta‘lim boshqarmasi boshlig‘i Alidod Rasulov BBC bilan suhbatda.

Ta‘lim vazirligi rasmiylarining bildirishlaricha, tojik talabalari uchun o‘quv lageri tashkil etish so‘roviga birinchi rad javobini olgan tashkilot International Alert xalqaro tinchlikparvar nohukumat tashkiloti bo‘lgan.

Tashkilot vakili Mark Fumagalli BBCga rasman rad javobini xali qo‘liga olmagani, ammo qarordan hayratga tushganini aytgan.

Uning aytishicha, bu kabi o‘quv lagerlari o‘tmishda Tojikiston bo‘ylab ko‘p marta tashkil etilgan.

Tojik yoshlari uchun tadbirlarning ko‘pchiligi xalqaro tashkilotlar tomonidan uyushtiriladi, ammo ularning hammasi rasmiy davlat idoralari bilan muvofiqlashtiriladi.

Tojikistonlik tahlilchilar so‘nggi qarorni mamlakatdagi prezidentlik saylovlari arafasida
fuqaro jamiyatiga bosim, deya talqin etishmoqda.

Tojikiston Islom Uyg‘onish partiyasi vakilining BBCga aytishicha, islomiy partiya rahbari Muhiddin Kabiriy bilan uchrashuvdan so‘ng ayrim talabalarda muammolar paydo bo‘lgan.

"Bu uchrashuvdan keyin oliy o‘quv yurtlari dekanliklariga o‘sha talabalarni topib, o‘qishdan haydash haqida ko‘rsatma berilgan", - deb aytgan Tojikiston Islom Uyg‘onish partiyasi raisining o‘rinbosari Mahmadali Hayitov.

--------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

Fikr va mulohazalarni BBCning tahririy mezonlari bilan ko‘rib chiqqandan keyin e‘lon qilishimiz mumkin.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.