BBC navigation

Shveytsariya: hibsda saqlangan o‘zbeklar qo‘yib yuborildi

Сўнгги янгиланиш 18 октябр 2012 - 16:17 GMT

Shveytsariyada pul yuvish amallarida gumon qilinib, hibsga olingan ikki o‘zbekistonlik garov puli evaziga ozod qilingan.

Shveytsariya Bosh prokuraturasi bu boradagi qaror 15 oktyabr kuni mahkama tomonidan ma‘qullangani va o‘zbeklar bir kun o‘tib qo‘yib yuborilganini tasdiqladi.

BBC bilan muloqotda prokuratura voizi boshqa tafsilotlarni ochiqlamadi, ammo o‘zbekistonliklar ustidan tekshiruvlar davom etayotganini ta‘kidladi.

"Tekshiruvlar davom etmoqda, biz ishning ayni bosqichida boshqa ma‘lumotlarni bera olmaymiz", deydi Shveytsariya Bosh prokuraturasi matbuot kotibi.

Ayni jarayonning bir qismi o‘laroq, Shvetsariya banklaridagi O‘zbekistondan tushgan millionlab dollarlar muzlatilgancha qolmoqda.

Qo‘yib yuborilgan o‘zbeklar kim?

Hibsdan ozod etilgan o‘zbekistonliklar Shohrux Sobirov va Alisher Ergashevlar ekaniga ishoniladi.

Ikkovlon joriy yilning 30 iyulida Jenevada qo‘lga olinganlar. Shvetsariya prokuraturasi ular va yana ikki O‘zbekiston fuqarosiga nisbatan noqonuniy pullarni qonuniylashtirish ayblovlarini ilgari surmoqda.

Shohrux Sobirovning rafiqasi o‘z turmush o‘rtog‘i Koka-Kola shirkatida faoliyat olib borgani va Ovro‘poga tez-tez safar qilganini aytgan.

Alisher Ergashev esa, yaqinda Shvetsiya jurnalistlari qo‘liga yetib kelgan hujjatlarga ko‘ra, Takilant shirkati vakilidir.

Ismlar va imzolarni aks ettiruvchi hujjatlarda O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning qizi Gulnora Karimov va Ergashev shirkat mudiri deya ko‘rsatilgan.

Uchinchi shaxs - MTSning O‘zbekistondagi rahbari Behzod Ahmedov hozirda xalqaro qidiruvga berilgan.

O‘zbek hukumati va MTS o‘rtasida mojaro chiqqach, Ahmedov O‘zbekistondan qochgan va o‘zbek hukumati Interpolni xabardor qilgan, hozir uning qayerdan boshpana topgani qorong‘u qolmoqda.

Uning Shveytsariyaning Lombard Odier bankidagi hisoblari muzlatib qo‘yilgan.

To‘rtinchi shaxs Takilant shirkati xo‘jayini deyiladi. Ushbu shirkat faoliyati Shvetsiyada boshlanib ketgan katta tekshiruvlar markazida qolmoqda. Stokholm mahkamasi Takilantning 30 million dollarlik mablag‘ini muzlatishni ma‘qullagan.

--------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

Fikr va mulohazalarni BBCning tahririy mezonlari bilan ko‘rib chiqqandan keyin e‘lon qilishimiz mumkin.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.