BBC navigation

Turkmaniston yanada ko‘proq jinsi ishlab chiqarmoqchi

Сўнгги янгиланиш 19 октябр 2012 - 13:25 GMT

Dalalarida bolalar mehnati ekspluatiyasiga butkul chek qo‘ygan Turkmaniston o‘z paxta sanoatini kengaytirish uchun 2016 yilgacha chetdan 1 milliard AQSh dollariga teng sarmoya jalb etmoqchi.

Ulkan gaz zaxiralariga boy Turkmaniston dunyodagi 10 ta yirik paxta ishlab chiqaruvchi davlatdan bittasi sanaladi.

Bundan tashqari, oliy sifatli paxtasidan tayyorlangan jinsi mahsulotlarini jahonning o‘nlab davlatlariga eksport qiladi.

Hukumat tomonidan ma‘qullangan ushbu dastur Turkmanistonda to‘qimachilik sanoatini rivojlantirishga qaratilgan.

"Maqsad - sohaga yanada ko‘proq xorijiy sarmoya jalb etib, yangi to‘qimachilik korxonalarini ochish", deb aytgan mamlakat To‘qimachilik Sanoati vaziri Saparmurot Botirov.

Ammo vazir janoblari buncha miqdordagi sarmoyani kim kiritishi yoki uning qanday shaklda bo‘lishini ochiqlamagan.

Faqat 1 milliard AQSh dollariga teng yotirimning katta qismi chetdan kelishini aytish bilan cheklangan, xolos.

"Turkmanistonda ishlangan" yorlig‘i ostidagi jinsi mahsulotlari G‘arbning qator supermarket tarmoqlari, jumladan, WalMartda ham sotiladi.

Janob Botirovning aytishicha, Turkmaniston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgan 1991 yildan buyon yangi to‘qimachilik korxonalari qurish, borlarini zamonaviylashtirish uchun qariyb 1.5 milliard dollar sarflagan.

Unga ko‘ra, shundan 300 million dollari xorijiy yotirim hisobiga to‘g‘ri keladi.

Yangi rejalar

Turkmanistonlik mas‘ullarga ko‘ra, mamlakatning o‘zida paxta tolasini ishlab chiqarish hajmi ham o‘tgan 20 yil ichida 3 foizdan 51 foizga yetgan.

Turkmaniston joriy yildan boshlab paxta yetishtirishning ham biroz ko‘paytirishni maqsad qilgan.

Deylik, o‘tgan yil 1.1 million tonna paxta hosili olgan bo‘lsa, bu yil uni 100 ming tonnaga ko‘paytirmoqchi.

Prezident Gurbanguli Berdimuhammedov esa, dehqonlarga paxta hosilini "bitta chanog‘ini ham nobud qilmay terib olishlari"ni buyurgan.

Turkmaniston bu yil 550.000 gektar yerga paxta ekkan. Bu, deylik, Lyuksemburg hududidan qariyb ikki yarim barobar katta maydonni anglatadi.

Turkmaniston avvallari paxta-yig‘im terimida bolalar mehnatidan keng ko‘lamda foydalangani uchun xalqaro inson huquqlarini himoya etish tashkilotlarining keskin tanqidlari ostida qolib kelgan.

Ammo 2006 yilda hayotdan ko‘z yumgan marhum turkmanboshi Saparmurot Niyozovning bolalar mehnatini taqiqlovchi farmonga imzo chekishi ortidan, Turkmanistonda bolalar mehnati bilan bog‘liq vaziyat butkul o‘zgargan.

Turkman hukumati ushbu farmoyishni hayotga butkul tadbiq etishga muvaffaq bo‘lgan.

------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.
Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring. BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.