BBC navigation

CPJ Turkiyani matbuot erkinligini bo‘g‘ishda aybladi

Сўнгги янгиланиш 22 октябр 2012 - 13:14 GMT

Jurnalistlarni Himoya Qilish tashkiloti - CPJga ko‘ra, Turkiya o‘z jurnalistlarini hibs qilish bo‘yicha dunyodagi yetakchi mamlakatlardan bo‘lib qolmoqda.

Qarorgohi Nyu Yorkda joylashgan tashkilot chiqargan yangi hisobotga ko‘ra, mamlakatda 76 nafar matbuot xodimi hibsga olgani hujjatlashtirilgan.

Turkiya bu bilan ayni masalada Eron, Eritreya va Xitoydan oldingi o‘ringa o‘tib olgan.

Jurnalistlarni Himoya Qilish tashkiloti Turkiyani jurnalistlar huquqlarini poymol qilish, matbuot erkinligini bo‘g‘ishda ayblaydi.

Matbuot tashkilotining aytishicha, hibsga tashlangan jurnalistlar aksari Turkiyaning kurd millatiga mansub fuqarolaridir.

Ularga kurd isyonkor guruhi - PKKga yordamlashish ayblovlari qo‘yilgan.

Jurnalistlarni Himoya Qilish tashkiloti Turkiya hukumati axborot yig‘ish bilan bog‘liq amallarni terrorchilik bilan chalkashtirayotganlikda ayblaydi.

Rasmiy Anqara esa, CPJ hujjatlashtirgan ma‘lumotlar bo‘rttirilgani va haqiqatga mos kelmasligi aytgan.

Hukumat qamoqqa tashlangan jurnalistlarning aksariyati mamlakat xavfsizligi bilan bog‘liq jinoyatlarda ayblangani, ular qo‘l urgan amallar jurnalistlik faoliyatlariga hech bir aloqasi yo‘qligini ta‘kidlaydi.

--------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.
Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring. BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.