BBC navigation

Liviya: Muso Ibrohim ushlangani tasdiqlanmagan

Сўнгги янгиланиш 22 октябр 2012 - 11:46 GMT

Muso Ibrohimning qo‘lga olingani haqida biror bir dalil ko‘rsatilmagan

Liviyaning hukumat mulozimi Muammar Qaddofiy davrida matbuot so‘zchisi bo‘lgan Muso Ibrohimning hibsga olinganini shubha ostiga olgan.

Ayni paytda internetda tarqalgan video murojaatda ham o‘zini Muso Ibrohim deb aytgan shaxs bu xabarni rad qilgan va ayni paytda Liviya hududida emasligini aytgan.

Shanba kuni Liviya rasmiysi Ali Zidan hukumat kuchlari Tripoli janubida Muso Ibrohim qo‘lga olinganini bildirgan edi.

Biroq Muso Ibrohimning qo‘lga olinganligi borasida biror bir dalil ko‘rsatmagan.

Oldinroq ham bir necha marta Muso Ibrohimning qo‘lga olingani haqida xabarlar tarqalgan, biroq ular yolg‘on bo‘lib chiqqan edi.

O‘tgan yilda Liviyadagi fuqarolar urushi paytida janob Ibrohim Tripolining "Riksos" mehmonxonasida horijiy jurnalistlar ko‘p marotaba matbuot anjumani uyushtirgan va o‘zining muxolifatga qarshi keskin so‘zlari bilan tanilgan edi.

Muso Ibrohimni oxirgi marta Liviya hukumati isyonchilar qo‘liga o‘tishidan oldin 2011 yil avgust oyida ko‘rishgan.

General Muammar Qaddofiy o‘zi tug‘ilib o‘sgan Sirt shahrida isyonchilar tomonidan qo‘lga olinib o‘ldiriladi.

Liviya Milliy assambleyasi rahbari Muhammad Maqariy Qaddofiy o‘limidan bir yil o‘tib ham mamlakat to‘liq ozod emasligini aytgan.

Qaddofiyga yordam bergan politsiya kuchlari hali ham mamlakatning katta qismida o‘z ta‘sirini saqlab qolgan.

Keyingi kunlarda Bani Valid shahrida isyonchilar va Qaddofiy tuzumi tarafdori bo‘lgan kuchlar o‘rtasida to‘qnashuvlar sodir bo‘lgan.

Tasdiqlanmagan xabarlarga ko‘ra, Qaddofiyning kichik o‘g‘li Hamis Bani Validda o‘ldirilgan.

----------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.
Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring. BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.