BBC navigation

Sevara Nazarxon Rossiyaning "Golos" teleloyihasida olqishlandi

Сўнгги янгиланиш 22 октябр 2012 - 10:44 GMT

Sevara Nazarxonning iste‘dodiga rossiyalik hamkasblari tan berishgan

Rossiyaning Birinchi kanali orqali namoyish etilgan "Golos" teleloyihasida qatnashgan xonanda Sevara Nazarxon hay‘at a‘zolarining hayratiga sazovor bo‘ldi.

O‘zbek qo‘shiqchisi Dima Bilan, Leonid Agutin, Aleksandr Gradskiy, Pelageyadan iborat loyiha hay‘ati oldida frantsuzcha "Je T'aime" qo‘shig‘ini ijro etganidan so‘ng, rossiyalik hamkasblari uni o‘z jamoalariga qabul qilishga tayyorliklarini bildirishgan.

Qo‘shiqchi Pelageya esa Sevara ijodi bilan avvaldan tanishligini va uning qo‘shiqlarini o‘z telefoniga yozib olganini aytgan.

Sevara Nazarxonga duet aytishni taklif qilgan Pelageya o‘rniga xonanda Leonid Agutinni tanlagan.

"Golos" teleloyihasiga ko‘ra, eng yaxshi ovoz sohiblari tanlab olinadi va shouning hay‘at a‘zolari bo‘lgan mashhur Rossiya musiqasi namoyondalarining jamoalariga qabul qilinadi.

Loyihaning o‘ziga xos tomoni shundaki, unda hay‘at a‘zolari ishtirokchilarni ko‘rmasdan turib, faqat ovozlariga baho berishadi.

Keyingi bosqichda ishtirokchilar bir biri bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda tomoshabinlar oldida kurash olib boradi va tomoshabinlar ovozi hisobga olinadi.

Tanlov g‘olibiga "Mamlakatning eng yaxshi ovozi" mukofoti beriladi.

Sevara Nazarxon bundan oldin ham Rossiya qo‘shiqchilar tanlovida qatnashgan va mashhur qo‘shiqchi Alla Pugachyovaning e‘tirofiga sazovor bo‘lgandi.

--------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.
Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring. BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.