BBC navigation

Bollivudning "Ishq-muhabbat qiroli" - Yash Chopra olamdan o‘tdi

Сўнгги янгиланиш 22 октябр 2012 - 15:05 GMT

Bollivudning taniqli kino ijodkorlaridan biri, "Ishq-muhabbat qiroli" deya bilingan Yash Chopra 80 yoshida olamdan o‘tdi.

Chopra janoblari Denge bezgagiga chalingani xabar qilingandi.

Kinorejissyor Bollivudning qator hind san‘atkorlarini elga tanitishga xizmat qilgan.

Yash Chopraning o‘zi kamera ortida ishlagan bo‘lsa-da, uni hind kinosi osmonidagi chinakkam yulduz edi deyish mumkin.

Hindiston Bosh vaziri Manmohan Singx ham film direktori xotirasiga hurmat bajo keltirarkan, uni hind kinosi "timsoli" sifatida ta‘rifladi.

Yash Chopraning ijodiy faoliyati qariyb 50 yilni qamrab oladi. "Darr" va yo "Qo‘rquv", Mumbaydagi qashshoq aka-uka haqidagi 'Deewar', "Veyer-Zaara" kabi qator filmlari kinorejissyorga katta muvaffaqiyatlar keltirgan.

Yash Chopra 1932 yil Lahorda tug‘ilgan. Yoshligida u kino sohasida faoliyat olib borgan katta akasining ortidan cho‘ntagida bor-yo‘g‘i 200 rupey bilan Mumbayga bir necha bor borib kelgan.

U yaqindagina film sanoatidan nafaqaga chiqayotganini e‘lon qilgandi. Uning "Toki hayot ekanman" filmi noyabr oyida ekranlarga chiqishi kutiladi.

Yash Chopra xotirasiga hurmat bajo keltirayotgan Bollivud yulduzlari uning o‘ziga xos usuli, quvnoq va samimiy shaxsiyatiga diqqat qaratishadi.

Yulduzlardan biri marhumni "xazon bilmas muhabbat" kuychisi sifatidagi maqomini tilga oldi.

-------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.
Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring. BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.