BBC navigation

O‘zbekistonda amaldorlarga qo‘shimcha vazifalarda ishlash man qilindi

Сўнгги янгиланиш 23 октябр 2012 - 13:32 GMT

Qo‘shimcha vazifalar haqidagi hukumat yo‘riqnomasi 18 oktyabr kuni kuchga kirgan

CA-News internet sahifasining xabar berishicha, O‘zbekistonda davlat amaldorlari, nomuvofiq sharoitlarda ishlayotgan hamda 18 yoshga yetmagan shaxslarga qo‘shimcha vazifalarda ishlash taqiqlangan.

O‘zbekiston hukumatining qo‘shimcha vazifalar hamda bir yo‘la bir necha kasb va lavozimda ishlash haqidagi yangi ish tartibi 18 oktyabr kuni kuchga kirgan.

Yangi yo‘riqqa muvofiq, qo‘shimcha vazifalarni ijro etishi taqiqlangan shaxslar doirasi muayyan etilgan.

Internet sahifaning ma‘lum qilishicha, bunday shaxslar sirasiga O‘zbekiston prezidenti apparati va Vazirlar Mahkamasi ijroiy apparati xodimlari, davlat idora etish organlari rahbarlari, ularning o‘rinbosarlari va strukturaviy bo‘linmalar rahbarlari, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimlari va ularning o‘rinbosarlari kiradi.

Shuningdek, biri ikkinchisi nazorati ostida bo‘lgan davlat idoralarida ishlovchi mutaxassislarga qo‘shimcha ishlarda ishlash man qilingan.

Hukumat yo‘riqnomasida o‘qituvchilar hamda texnik, tibbiyot va buxgalterlik kabi sohalariga aloqador shaxslarning qo‘shimcha vazifalarni bajarishlari mumkinligi ta‘kidlangan.

--------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.
Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring. BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.