BBC navigation

Suriyada Qurbon hayiti munosabati bilan oteshkesim e‘lon qilingan

Сўнгги янгиланиш 25 октябр 2012 - 17:16 GMT

Janob Braximiyga ko‘ra, Suriya hukumati urush harakatlarini to‘xtatishdan manfaatdor

BMT va Arab Ligasi maxsus vakili Lahdar Brahimiyning Musulmonlarning Iyd al-Adha (Qurbon hayiti) kunlarida yarashuvga amal qilish taklifiga javoban Suriya hukumati otashkesim e‘lon qilgan.

Suriya Davlat televideniyesi xabar berishicha, otashkesimga dushanba kungacha amal qilinadi.

Oldinroq, mamlakat tashqi ishlar vazirligi muqaddas Hayit kunlari urushni to‘xtatib turish taklifi armiya va qurolli kuchlar rahbariyati tomonidan o‘rganilayotgani aytilgan edi.

Suriya hukumati ushbu masala borasida oxirgi qarorini bugun berishini bildirgan.

Qohiradagi matbuot anjumanida gapirgan BMTning Suriya bo‘yicha maxsus vakili Lahdar Brahimiy Prezident Bashar al-Assad musulmonlar bayrami kunlari urush harakatlarini to‘xtatib turishga rozi bo‘lganini aytgan.

Brahimiyga ko‘ra, aksariyat muxolif guruhlar ham hukumat o‘t ochishni to‘xtatar ekan, ular yarashuvga tayyor ekanliklarini ma‘lum qilishgan.

Lahdar Brahimiy " Agar bu tashabbusimiz amal qilsa, o‘t ochishni butunlay to‘xtatish choralarini ko‘rishimiz osonlashadi", - deydi.

Janob Brahimiyning oxirgi ikki haftada Yaqin Sharqqa qilgan safaridan asosiy maqsad ham Suriya hukumati va muxolifatini urush harakatlarini to‘xtatish va tomonlar bilan "vaziyatni siyosiy jihatdan yaxshilash" choralarini ko‘rish hisoblanadi.

Chorshanba kuni Arab Ligasi rahbari Nabil al-Arabiy ham jurnalistlarga " Suriya hukumati Hayit kunlari o‘t ochishni to‘xtatishga rozi , - deb aytgan.

Ayni paytda Suriyadagi Al-Nusra isyonchi guruhiga ko‘ra, bir necha bomba hujumlarini sodir etishgan.

Payshanba kuni Damashqdagi muxolifat faollaridan Moaz al-Shamiy Reyter agentligiga "Hech kim bu bo‘ladigan yarashuvni jiddiy qabul qilmaydi", - degan. "Qanday qilib tanklar hujumi davom etayotgan, har yuz metrda yo‘llar yopilgan va oddiy fuqarolar yashayotgan joyda og‘ir artilleriya qurollari turganida yarashuvga ishonish mumkinmi",- deb aytgan u .

O‘z navbatida Rossiya BMTdagi doimiy vakili Vitaliy Churkin Bashar al-Assad hukumati Rossiya rasmiylariga BMT va Arab Ligasi maxsus elchisi Lahdar Brahimiy ilgari surgan yarashuv taklifini qabul qilganini ma‘lum qiladi. Janob Churkinga ko‘ra, "Jahon hamjamiyatining diqqati Suriyaga qaratilgan ekan, kelishuv shartlarini kim buzsa, unga bir tomonlama emas, haqqoniy o‘z bahosini berish kerak".

BMT xalqaro tribunalining sobiq prokurori Karl de Ponte payshanba kuni BMTning Suriyadagi harbiy jinoyatlarni tekshirish komissiyasi tarkibiga kirishga rozi bo‘lgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Suriyada insoniyatga qarshi va harbiy jinoyatlar sodir etilmoqda.

BMT vakilining Suriyada o‘t ochish vaqtinchalik to‘xtatilishi haqidagi xabari bir qancha savollarni o‘rtaga qo‘yadi.

Hujumlar davom etayotgani haqidagi xabarlarga qaramasdan, janob Brahimiy Bashar al-Assad hukumati urush harakatlarini to‘xtatishdan manfaatdor ekanligi, biroq ko‘p sonli jangari guruhlarning bu borada yakdil roziliklarini olish oson bo‘lmasligini bildirgan.

"Suriya Ozodlik Armiyasi" boshlig‘i general Mustafo al-Shayxning aytishicha, o‘t ochishni xohlagan paytda to‘xtatish mumkin, biroq hukumat bu borada ko‘p marta aldagani ishonchni tug‘dirmaydi".

Bundan oldin, aprel oyida BMTning Suriya bo‘yicha sobiq vakili Kofi Annan vositachiligida tomonlarning yarashuviga erishilgan, biroq bir necha kundan keyin bu reja ikkala tomon mojarolari tufayli yana barbod bo‘lgan edi.

Inson haqlari faollarining hisobotiga qaraganda, Suriyada 2011 yil martda Bashar al-Assad tuzumiga qarshi qo‘zg‘olonlar boshlanganidan buyon 30 mingdan ortiq kishi halok bo‘lgan.

-------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.
Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring. BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.