BBC navigation

"Otlar va miltiq nayzalari" yoki so‘nggi telemunozara haqidagi taassurotlar

Сўнгги янгиланиш 24 октябр 2012 - 12:04 GMT

So‘rovlarga ko‘ra, amerikaliklarni birinchi navbatda xorijda emas, mamlakat ichida bo‘layotgan hodisalar ko‘proq qiziqtirmoqda.

Joriy Prezident Barak Obama va uning Respublikachi raqibi Mitt Romnining tele-bellashuvlari xam yakuniga yetdi.

Xar galgidek, munozarani oila a‘zolarim, xatto ingliz tilini bilmaydigan onam bilan birgalikda televizor tevaragida tomosha qildik. Bu galgi munozara Amerika tashki siyosatiga bag‘ishlangan bo‘lsa-da, har ikki nomzod bahsni ichki masalalar, xususan iqtisodga karatishga xarakat kilishganiga hayron bo‘lmadim. Chunki so‘rovlarga ko‘ra, amerikaliklarni birinchi navbatda horijda emas, mamlakat ichida bo‘layotgan hodisalar ko‘proq qiziqtirmoqda.

Yaqin Sharq, Xitoy, Isroil va Eron masalalaridan tele-munozara markazi yana iqtisodiy va ijtimoiy masalalarga ko‘chdi. Har ikki nomzod soliqlar, ishsizlik, iqtisodni qayta tiklash yo‘llari borasida ilgari aytgan pozitsiyalarini yana urg‘ulashdi. Ammo, tashqi siyosat sohasida shu paytgacha harbiy choralarni kuchaytirish, Amerikaning Irok va Afg‘onistondagi harbiy hozirligini davom ettirishga chorlab kelgan Romni so‘nggi munozarada qarashlarini keskin o‘zgartirdi. U xuddi "Havotirlanmang, men yangi urush boshlamayman", deb saylovchilarni tinchlantirishga uringandek bo‘ldi.

Bundan bir necha oldin taniqli ayol- jurnalistlar va kino yulduzlari olib boruvchi "View" yoki "Nazar" teleprogrammasida Mitt Romni rafiqasi En Romni qatnashdi. Mashhur kinoaktrisa Vupi Goldberg savolini Mitt Romni diniy sabablarni asos qilib, Vetnam urushida qatnashmaganini eslatishdan boshladi. Keyin Goldberg En Romniga "Siz prezident rafiqasi bo‘lsangiz, urush mintaqalaridan o‘z farzandlarining tobutlarini kutib olayotdan ota-onalarga sizning beshala o‘g‘lingiz harbiy xizmat o‘tamaganini qanday tushuntirasiz?" deb savol berdi. Romni rafiqasi farzandlarining missionerlik faoliyati bilan shug‘uullangani xakidagi gaplar bilan javob berdi.

Shunday qilib, har ikki nomzod uch yuzma-yuz munozara orqali ichki va tashqi siyosatga doir deyarli barcha muhim masalalar yuzasidan o‘z pozitsiyalari va rejalarini bayon qilishdi. Saylovlarga esa ikki xaftadan kamroq vaqt qoldi. Lekin, ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalar hali-beri tugamaydigan ko‘rinadi.

So‘nggi munozara yakuniga yetmasidanok, Twitter va Facebookda har ikki nomzodning eng esda qoluvchi gaplari muhokama qila boshlandi. Eng ko‘p tilga olingan iqtibos - "otlar va miltiq nayzalari" iborasi bo‘ldi. Prezident Obama raqibining harbiy dengiz kuchlarida kemalar soni 1916 yilga nisbatan kamayib ketganiga javoban o‘sha paytga karaganda "otlar va miltiq nayzalari" ham kamroq ishlatilayogani va "uchoklar, ularni tashuvchi kemalar va suvosti kemalar degan narsalar ham bor", deb kinoya qildi.

Feysbuk tarmog‘idagi Obama tarafdorlaridan tanish-bilishlarim o‘z nomzodlari siyosati, uning qilgan ishlari hakida ko‘plab ijobiy fikrlar bildirishyapti. Kizig‘i shundaki, tanishlarim orasidagi respublikachilar Mitt Romnini qo‘llab-quvvatlashmayapti, telemubohasalar haqida ham lom-mim deyishmayapti. Shunisi ham e‘tiborliki, Respublikachilar partiyasi qurultoyida birorta sobiq Respublikachi-prezident Romnini maktab chiqmadi. Ayni paytda, Demokratlarning yig‘ilishida sobiq prezidentlar Jimmi Karter va Bill Klinton Prezident Obama siyosatini qo‘llab, amerikaliklarni Obamaga ovoz berishga chaqirishdi.

Saylovlarga sanoqli kunlar qolar ekan, Barak Obama tarafdorlari matbuot va ijtimoiy tarmoqlarda bir necha muammoni xam ko‘tarishmoqda. Masalan, ular o‘rtoqlashgan ma‘lumotlarga ko‘ra, saylov natijalarini hal qiluvchi muhim shtatlardan biri, Oxayoda ovoz berish elektron uskunalarini Mitt Romnining katta o‘g‘li Tegg Romni sotib olgan. Bu holat ovozlarni sanashda soxtakorliklarga yo‘l ochib berishi mumkinligi borasida xavotirlarga sabab bo‘lyapti.

O‘tgan lavhalarda amerikaliklar saylov masalasiga jiddiy qarashlari hakida yozgandim. Buni odamlarning guruh bo‘lib munozaralarni kuzatishi, kizg‘in muhokamalar, aholining ko‘ngilli sifatida saylovoldi kampaniyalarida faol qatnashishi misolida ko‘rish mumkin. Ko‘plab odamlarning uylari yonida, mashinalari oynalarida o‘z nomzodini targ‘ib etuvchi plakatlar va yozuvlar ham ko‘zga tashlanadi. Aytish kerakki, yoshlar ham bu jarayondan chetda qolgani yo‘k. Universitet talabasi bo‘lgan jiyanimning aytishicha, bir dugonasi imtihonga tayyorlanishi oldidan Obama va Romni o‘rtasidagi munozarani ko‘ra olmagani hakida Feysbukda xafa bo‘lib yozibdi.

Farzandlarim, jiyanlarim va ularning do‘stlari saylovga oid o‘z fikrlarini o‘zaro suhbatlar¸ Facebook va Twitter orqali bildirishlari meni ancha quvontiryapti. Chunki bu avlod plyuralizm va erkin jamiyat mevasidan bahramand bo‘lyapti.

-------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.
Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring. BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.