BBC navigation

AQShning Liviyadagi elchixonasiga hujum qilgan shaxs o‘ldirilgan

Сўнгги янгиланиш 25 октябр 2012 - 13:21 GMT

Misr politsiyasiga ko‘ra, o‘ldirilgan shaxs Sinay yarim orolidagi islomiy jangarilar tomoniga o‘tmoqchi bo‘lgan

Misr rasmiylari Qohirada Amerikaning Beng‘ozidagi elchixonasiga hujum qilishda gumon etilgan shaxs qo‘lga olish payti o‘ldirilganini ma‘lum qilishgan.

Sentyabr oyida AQShning Liviyadagi elchixonasiga hujum oqibatida Amerika elchisi Kristofer Stivens doxil to‘rt kishi o‘ldirilgan edi.

Xabarlarga ko‘ra, elchini o‘ldirganlikda gumon qilingan shaxs Sinay yarim orolidagi islomiy jangarilar tomoniga o‘tish niyatida bo‘lgan.

Misr rasmiylari o‘ldirilgan kishining ismi Xazim ekanini aytishgan.

Payshanba kuni erta tongda politsiya va xavfsizlik xodimlari Hazem yashagan Madinat Nasr ko‘chasidagi uyni o‘rab olishadi.

Xazem ularga qarata bomba otgani, biroq portlovchi modda uning uyiga qaytib tushib portlagani aytilgan.

Shundan so‘ng tomonlar o‘rtasida otishma boshlanib, yong‘in kelib chiqqan.

Xavfsizlik xodimlari Xazemning uyiga kirganlarida u yerda yonib ketgan jasad va portlovchi moddani ko‘rishgan.

Shu yilning sentyabr oyida Amerikada ishlanib, Muhammad payg‘ambar hajv qilingan "Musulmonlar gunohsizligi" filmi internetda paydo bo‘lganidan so‘ng qator musulmon davlatlarida aksilamerika namoyishlari boshlangan, jumladan Liviyada ushbu namoyishlar oqibatida Amerika elchisi va uch kishi o‘ldirilgan edi.

--------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.
Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring. BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.