BBC navigation

Qozog‘istonlik Olimpiada chempioni Xitoy fuqaroligiga qaytadi

Сўнгги янгиланиш 25 октябр 2012 - 13:35 GMT

Qozog‘iston o‘z chempionlarini katta xursandchilik bilan kutib olgan

London Olimpiadasida Qozog‘iston nomidan qatnashgan Zulfiya Chinshalo o‘ziga Xitoy fuqaroligini qaytaradi, deb yozadi Sinxua axborot agentligi Xunan viloyati og‘ir atletika markazi rahbariga iqtibosan.

"Zulfiyaning haqiqiy ismi - Jao Changling, u Xunan viloyatidan. Besh yil oldin malakalarni almashtirish loyihasi bo‘yicha bir qancha sportchilar bilan Qozog‘istonga borgan edi. Uning professional yondashuvi sportda katta g‘alabalarni erishishiga zamin hozirladi. Hozirgi paytda Zulfiya Chansha shahrida yashash guvohnomasiga ega." - deyiladi xabarda.

Xabardan anglashilishicha, Zulfiya Chinshaloning Qozog‘iston og‘ir atletika federatsiyasi bilan tuzgan shartnomasi 2012 yil 15 sentyabrda nihoyasiga yetgan bo‘lsa ham, federatsiya sportchini navbatdagi rasmiyatchiliklardan o‘tqazmagan.

"Biz ayni paytda Xitoy davlat fizkulьtura va ishlari boshqarmasi hamda og‘ir atletika assotsiatsiyasi yordami bilan Qozog‘istondagi tegishli idoralarga bog‘lanishga harakat qilmoqdamiz, biroq hali tegishli javobni olganimiz yo‘q", - deb aytgan Xunan og‘ir atletika markazi rahbari.

Zulfiya Chinshalo London Olimpiadasidan so‘ng qaysi mamlakat uchun chiqishi haqida aniq qarorni aytmagan edi.

Xitoydagi qator ommaviy axborot vositalariga ko‘ra, Qozog‘iston terma jamoasi tarkibida ishtirok etgan og‘ir atletikachilar Mayya Maneza va Zulfiya Chinshalo bundan buyon o‘z vatani uchun maydonga tushadi.

Xitoyning qator internet saytlari ham Qozog‘iston bilan kelishilgan shartnoma muddati tugaganligi bois sportchilar o‘z vatanlariga qaytganini xabar berishgan.

O‘z navbatida Qozog‘iston og‘ir atletika federatsiyasi Xitoy ommaviy axborot vositalari tarqatgan xabarlarni tasdiqlamagan va Zulfiya Chinshalo hamda Mayya Maneza Xitoy nomidan musobaqalarda qatnashishini rad qilgan.

"Bu faqat Xitoy ommaviy axborot vositalarining o‘ylab chiqargan gaplari, bunga ishonish kerak emas. Terma jamoa bundan keyin ham bu sportchilar bilan hamkorlik davom etishiga ishonadi", - deb aytishgan Qozog‘iston og‘ir atletika federatsiyasi rasmiylari.

Qozog‘istonlik sportchilar London Yozgi O‘yinlarida hammasi bo‘lib 13 medalni qo‘lga kiritishgan, undan yettitasi oltin, bir kumush va besh bronza medali bilan mamlakatlar ichida 12 o‘rinni egallashga muvaffaq bo‘lishgan edi.

-------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.