BBC navigation

Andijonda turar joy binosida gaz portlagan

Сўнгги янгиланиш 25 октябр 2012 - 14:06 GMT

Xabarlarga ko‘ra, chorshanba kuni Andijondagi ikkinchi mikrorayonning ko‘p qavatli turar-joy binosida portlash yuz bergan.

Portlash oqibatida yong‘in kelib chiqqani aytiladi. Portlash zarbidan qo‘shni xonadonlarning ayvonlari vayron bo‘lgan.

Hozircha hodisadan hech kim jarohat olmagani aytilgan.

Portlashga ko‘p qavatli uylarga berilgan gaz miqdorining ko‘tarilib ketgani sabab bo‘lgan.

Aholi gaz bosimining pastligi yoki umuman bo‘lmasligi sababli ko‘p hollarda gaz ballonlardan foydalanib keladi.

Uzoq vaqtdan beri nazoratsiz qolgan gaz vositalari katta bosimni ko‘tarolmay, portlab ketishiga sabab bo‘lgani aytilmoqda.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.