BBC navigation

Xitoyda Konstitutsiya o‘zgarishi kutilmoqda

Сўнгги янгиланиш 26 октябр 2012 - 14:18 GMT

Xitoy qonunchiligidagi o‘zgarishlar demokratik islohotlarga olib kelishi mumkin

Xitoyda 8 noyabrda ochilishi kutilayotgan Kommunistik partiyaning XVIII s‘ezdida mamlakat Konstitutsiyasi va partiya rahbarlari ham ham o‘zgarishi aytilmoqda.

Xabarlarga ko‘ra, Xitoy rahbari Xu Tszintaoning o‘rnini oldingi s‘ezdda siyosiy byuroning doimiy a‘zosi qilib saylangan Si Tszinpin egallaydi.

Yangi rahbarlar mamlakatni keyingi 10 yil davomida boshqaradi.

Bir yil oldin mamlakatning eng yuqori lavozimiga dunyodagi yirik megapolis Chuntsinning boshlig‘i Bi Silay ham jiddiy nomzod sifatida ko‘rib, Xitoy davlatini 2022 yilgacha boshqarishi bashorat ham qilingan edi.

Biroq 2012 yil mart oyida davlat to‘ntarishini tayyorlashda ayblangan Bo Silay iste‘fosi berilib, aprel oyida siyosiy byuro va partiya a‘zoligidan chiqariladi.

26 oktyabrda Bo Silayning depututlik mandati ham bekor qilingani e‘lon qilindi.

Oldin xabar qilinganidek, Bo Silay xizmat vazifasini suiste‘mol qilib, o‘zi va oila a‘zolari orqali pora olganlik va xizmat vazifasidan shaxsiy manfaatlari uchun foydalanib kelgani aytilgan.

Avgust oyida Bo Silayning xotini Gu Kaylay britaniyalik biznesmen Nil Xeyvudni o‘ldirganlikda ayblanib, ikki yillik tanaffuq bilan o‘lim jazosiga hukm qilinadi.

Ayni paytda Bo Silayga nisbatan jinoiy ish huquqni himoya qilish idoralariga berilgan. Siyosatchi ustidan mahkama jarayoni Xitoy Kompartiyasi s‘ezdidan oldin o‘tishi kutilmoqda.

Xitoyda kutilayotgan siyosiy islohotlardan biri siyosiy byuro a‘zolari tomonidan Konstitutsiyadan Xitoy kommunizmi nazariyasining asoschisi Mao Tseedunning g‘oyalarini chiqarishdir.
Bu masala s‘ezdda muhokamaga qo‘yilishi aytiladi.

Tahlilchilarning fikricha, Mao Tseedunning g‘oyalarini Konstitutsiyadan chiqarish mamlakatda demokratik islohotlar o‘tkazishni anglatadi.

Bu qadam iqtisodda davlatning ta‘sirini kamaytirib, Xitoyni inqirozdan asrab qolishi mumkin. Jahonning yirik banklari keyingi o‘n yillik Xitoy uchun juda muhim bo‘lishi, iqtisodiy salohiyati jihatidan AQShdan o‘zib, dunyo iqtisodining yetakchisiga aylanishi mumkinligini bashorat qilishadi.

Xitoyni XXI asrda yirik davlat maqomiga aksariyati G‘arbda ta‘lim olgan "beshinchi avlod" vakillari olib borishi aytilmoqda.

-------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.
Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring. BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.