BBC navigation

Qozog‘istonda masjidlar soni oshgani dindorlarga e‘tiborni anglatadimi?

Сўнгги янгиланиш 26 октябр 2012 - 13:31 GMT

Musulmonlar o‘zlarining masjidlari bilan faxr qilishadi

Masjidlarning soni bo‘yicha Qozog‘iston bugungi kunda O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon va Turkmanistondan ilg‘or ekan.

Bu borada qozog‘istonlik musulmonlarni Qurbon bayrami bilan qutlagan mamlakat diniy ishlar bo‘yicha agentlik rahbari Qayrat Lama Sharif aytib o‘tgan.

Uning aytishicha, Hayit oldidan Qozog‘istondagi 2228 masjidlar qayta ta‘mirlangan.

"Muqaddas Qur‘onda ota-onangizga, yaqinlaringizga, yetim-esirlar, kambag‘allar, musulmonlarga yaxshilik qiling! Sizning har bir qilgan xayrli ishlaringizni Alloh bilguvchidir" deyilgan.
Musulmon birodarlarimizga ibodat qilishlari uchun masjidlar qurib berilayotgani ham ana shunday xayrli ishlardandir", - deb aytgan janob Qayrat Sharif.

Ayni paytda O‘zbekistonda 2050ta, Ozarbayjonda 1700 , Qirg‘izistonda 2200 va Turkmanistonda mavjud 400 ta masjidda musulmonlar namoz o‘qishadi.

Qayrat Lama Sharif bu yilgi Qurbon bayrami Qozog‘istonning xalqaro Islom Hamkorlik Tashkilotiga raislikni muvaffaqiyatli yakunlaganiga to‘g‘ri kelganini aytgan.

Biroq ushbu raqamlarni ko‘rib, Qozog‘istonda dindorlarga e‘tibor haqiqatdan kattami? - degan savol tug‘iladi.

O‘tgan yilda Qozog‘istonda qabul qilingan Din haqidagi qonundan so‘ng, diniy idoralarni ro‘yxatga olish boshlangan.

Kuzatuvchilarga ko‘ra, qonundan keyin Qozog‘istonda rasman ro‘yxatdan o‘tgan diniy tashkilotlarning soni 30 foizga kamaygan.

--------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.
Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring. BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.