BBC navigation

Jurnalist Alisher Soipov o‘limi borasidagi tergov qayta ochiladi

Сўнгги янгиланиш 26 октябр 2012 - 15:09 GMT

Alisher Soipov ko‘chada otib o‘ldirilganida 26 yoshda edi.

Qirg‘iziston hukumati besh yil avval O‘sh shahrida otib o‘ldirilgan etnik o‘zbek jurnalisti Alisher Soipovning o‘limi borasida o‘tkazilgan tergovni qayta ochishga qaror qilgan.

Qotillik bilan bog‘liqlikda bir shaxs allaqachon aybdor deb topilib 20 yillik qamoq jazosini o‘tayapti, lekin inson haqlari tashkilotlari va qurbonning otasi asl qotillar jazolanmaganiga ishonadilar. Ularning fikrida qotillikka O‘zbekiston hukumatining aloqasi bor.

Soipov O‘shda o‘zbek tilidagi "Siyosat" gazetasini chop qilib, unda O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovni tanqid qiluvchi maqolalarni nashr qilib kelgan.

U, shuningdek, 2005 yil Andijondagi namoyishlarning qonli bostirilishini qattiq qoralab maqolalar chop qilgan.

Qirg‘iz hukumati avvaliga asosiy gumondorlar deya o‘zbekistonlik shaxslar izidan tushgan va O‘zbekiston matbuotidagi Soipovni qoralab yozilgan maqolalarga ishora qilgan, biroq so‘ngra aybni Hizbu-Tahrir islomiy guruhidan qidira boshlagandi.

Buning ortidan huquq-tartibot idoralari mahalliy yashovchi Abdurafit Rasulovni hibsga olganlar va uning mashinasida qurol bo‘lganini da‘vo qilganlar. Unga qarshi yig‘ilgan dalil-isbot yetarli bo‘lmaganiga qaramay, Rasulov qamoq jazosini o‘tamoqda.

Qirg‘iziston Oliy Mahkamasi joriy yilning aprelida Soipov o‘limi borasidagi tergov qayta ko‘rib chiqilishiga qaror qilgandi.

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.
Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring. BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.