BBC navigation

Bosniyalik hajni ado etish uchun Makkaga piyoda bordi

Сўнгги янгиланиш 29 октябр 2012 - 13:20 GMT

"Agar Alloh men bilan birga, meni himoya qilib, yo‘l ko‘rsatayotganiga ishonmaganimda Makka u yoqda tursin, Bolgariyagacha ham borolmasdim"

Bosniyalik kishi haj amalini bajarish maqsadida 5,5 ming kilometr masofani piyoda bosib o‘tdi.

Bosniyadan Makkaga yo‘l rosa 10 oyni tashkil qildi.

47 yoshli Senad Xajich Saudiya Arabistoniga yetib olish uchun urush harakatlari borayotgan Suriyadan o‘tishiga to‘g‘ri kelgani, chiqish vizasini olish uchun kun bo‘yi Suriya chegarasida kutib o‘tirganini BBCga aytib beradi.

"Men vizani olganimdan so‘ng, ofitser menga agar Suriyadan tirik chiqish nasib qilsa, o‘zi uchun ham Makkada duo qilishimni so‘radi." - deydi Senad Xajich.

Suriyadan chiqqunicha Senadga ko‘p bor ba‘zilari isyonchilar nazoratida, aksariyati armiya qo‘lida bo‘lgan chegara nuqtalaridan o‘tishiga to‘g‘ri keladi.

Har safar o‘zini to‘xtatib tekshirganlarga Senad hajga borayotganligini aytgan.

"Men isyonchilarga ham, Suriya askarlariga ham Alloh yo‘lida ketayotganligimni aytganimda, ular menga ruxsat berishdi. Ba‘zilari hatto mening qo‘limdagi Qur‘onni olib o‘pishdi. Men dindor bo‘lganim uchun sumkamda Injil ham bor edi", - deb hikoya qiladi Xajich.

"Olis manzil"

Islom an‘analariga binoan har bir musulmon imkoni bo‘lganda, hayotida hech bo‘lmaganda bir bor haj amalini bajarishi lozim.

Senad Xajich hammasi bo‘lib yettita davlat: Bosniya, Serbiya, Bolgariya, Turkiya, Iordaniya, Suriya va Saudiya Arabistoni hududlaridan o‘tib Makkaga yetgan.

U o‘zining Sarayevo yaqinidagi Banovichi shahridagi uyidan o‘tgan yilning dekabr oyida chiqib, safarning birinchi qiyinchiliklariga Bolgariyada duch keladi. Bolgariyada o‘sha paytda havo harorati -35 darajaga tushib ketgan edi.

"Menga ishoning, biror kun men uchun yengil o‘tmadi. Har bir kunning o‘z qiyinchiligi bo‘lsada, shu bilan birga men uchun juda to‘lqinlantiruvchi edi", - deydi bosniyalik ziyoratchi.

Xajichning yonida bor yo‘g‘i 200 yevro bo‘lib, kechasi masjidlarda, bog‘larda va hatto ba‘zan ko‘chalarda uxlashiga to‘g‘ri keladi.

"Agar Alloh men bilan birga, yonimda himoya qilib, yo‘l ko‘rsatayotganiga ishonmaganimda men Makka u yoqda tursin, Bolgariyagacha ham borolmasdim. Men yetti mamlakat, ikki sahro, jami 5560 kilometr masofani pulsiz, faqat 20 kilogramm og‘irlikdagi ryukzagim bilan bosib o‘tdim. Men Damashqgacha borishni orzu qildim, keyin Ummongacha, keyin Alloh menga Makka yo‘lini ko‘rsatmagunicha 120 kun kutishimga to‘g‘ri keldi", - deydi bosniyalik ziyoratchi Senad Xajich.

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.
Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring. BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.