BBC navigation

HRW: "O‘shda ikki o‘zbekka belgilangan jazo adolatsiz"

Сўнгги янгиланиш 29 октябр 2012 - 16:51 GMT

Qirg‘iz janubidagi zo‘ravonliklar ortidan etnik o‘zbek ayblanuvchilarga qarshi chiqarilgan "adolatsiz" qarorlar xalqaro hamjamiyat tomonidan qoralanib keladi.

Nyu Yorkda joylagan inson huquqlarini himoya qiluvchi Human Rights Watch guruh ikki yil avval 400dan oshiq odamni nobud qilgan Qirg‘iziston janubidagi etnik to‘qnashuvlar bilan bog‘liqlikda qabul qilingan sud qarorlariga oid oxirgi xavotirlarini izhor qilgan.

Guruhga ko‘ra, ikki etnik o‘zbeklar adolatsiz va yaqinlariga qilingan tajovuz va qo‘rqituvlar bilan o‘tgan mahkama ishlari ortidan bir umrlik qamoq jazosiga hukm etilganlar.

"Birinchi ish etnik o‘zbek 33 yoshli Muhammad Bizrukov ustidan o‘tgan. U o‘tgan hafta qotillikda aybdor deb topildi. Ikkala mahkama qarori ham 25 oktyabrda e‘lon qilingan. Ikkinchi ish 31 yoshli Shamsiddin Niyozaliyev ustidan o‘tgan, u ham etnik o‘zbek. Ikkala ish ham, bizning fikrimizda, qonunbuzarliklar bilan o‘tgan: bu ikki kishining 2010 yil iyunida yuz bergan zo‘ravonliklar chog‘idagi qotilliklarga aloqasi borasida yetarlicha dalil-isbot bo‘lmagan. Bizrukov ishida qotillikning qurboni bo‘lgan shaxsning qarindoshlari ochiqchasiga mahkama ishiga ta‘sir o‘tkazganiga isbot bor. Ular, shuningdek, Bizrukovga qarshi ham mahkama davomida zo‘ravonlik qo‘llashgan. Bizrukov tergov chog‘ida o‘ta qattiq qiynoqlarga tutilganini aytgan. Niyozaliyev ishida esa, u 2010 yil iyunida yuz bergan qotillik vaqtida O‘zbekistonda bo‘lganini isbotlovchi dalillar keltirilgan, lekin mahkama bu dalillarni hisobga olmay, baribir "aybdor" deya qaror chiqargan", - deydi janob Vilyamson.

Ayblanuvchilardan biri, Muhammad Bizrukov etnik qirg‘iz Almaz Asqarovni o‘ldirganlikda aybdor deb topilgan. Biroq, Human Rights Watch Bizrukovning iqrornomasi qiynoqlar ostida undirilgan bo‘lishi mumkinligiga ishonadi.

Sud ishi muntazam zo‘ravonliklar ichida o‘tgan, shunday hollardan birida qotillik qurbonining yaqinlari qafas ichidagi Bizrukovga hujum qilib, unga jarohat yetkazganlar.

Ikkinchi ayblanuvchi, Shamsiddin Niyozaliyev O‘sh-Bishkek yo‘lidagi Sanpa to‘qimachilik korxonasida yuz bergan va 16 kishining o‘lishi bilan yakun topgan voqeaga bog‘liqlikda qotillik, o‘g‘rilik va ommaviy tartibsizliklarda aybdor deb topilgan.

Ammo, mahkama ayblanuvchi bu vaqtda O‘zbekistonda bo‘lganini tasdiqlovchi guvoh ko‘rsatmasini nazarga olmagan.

"Mahkamada advokatlarga ham, guvohlarga ham, hakamlarga ham hujumlar qilingan. Bizrukov mahkama ishida hakam zaldagi hujumchilarni tinchlantirishga uringan. Lekin, bu yerda hukumat rasmiylarining nazorati yetishmayapti. Hukumat biladi bu qanday ishlar ekanini, 2010 yil iyunidan beri juda ko‘p shunga o‘xshash mahkama ishlari bo‘lib o‘tdi. Nafaqat mahalliy, balki markaziy hukumat bu sudlar adolatli tarzda o‘tishini ta‘minlash uchun huquq-tartibot kuchlarini ishga solib, bu ishlarga aralishishi kerak. Muammo nafaqat qarindoshlarning hujumi, balki tergov chog‘idagi qiynoqlar, tahqirlashlar, asossiz dalillarda. Bular qonun doirasida qanday amalga oshirilayotgani nazorat qilinishi kerak", - deydi Human Rights Watchdan Hyu Vilyamson.

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.