BBC navigation

Gulnora Karimova endi stsenariynavis

Сўнгги янгиланиш 30 октябр 2012 - 16:45 GMT

Bundan oldin turkiyalik aktyor Xolid Ergench Karimova xonimning Style.uz haftaligi tadbirida ishtirok etgan

O‘zbekistondagi internet nashrlarining xabariga ko‘ra, yaqinda suratga olinishi mo‘ljallangan filmga mashhur frantsuz aktyori Jerar Deparde taklif qilingan.

"Oltin gepard" Toshkent Xalqaro kinoforumining direktori Akbar Hakimov bu haqda O‘zbekiston madaniyat va sport vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining yig‘ilishida ma‘lum qiladi.

Ma‘lumotlarga ko‘ra, film stsenariysi Abror Hakimov va Prezident Islom Karimovning qizi Gulnora Karimovaga tegishli.

Film voqealari tarixiy 5-6 asrlarga taluqli bo‘lib, Jerar Deparde ovro‘polik ruhoniy obrazini yaratishi kutilmoqda.

Yangi film ustida ishlar ketayotgani bois, nima uchun filmga aynan janob Deparde tanlangani, kim suratga olayotgani, filmning byudjeti va boshqa ma‘lumotlar berilmagan.

Bundan oldin ham Karimova xonim tomonidan tashkil qilinishi aytiladigan O‘zbekistondagi dabdabali marosimlarda dunyoning ko‘plab mashhurlari ishtirok etishgan.

Prezident Islom Karimovning to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimova o‘zining keng miqyosdagi qiziqishlari bilan jamoatchilikning e‘tiborida bo‘lishni xush ko‘radi.

Kuni kecha, 25-29 oktyabr kunlari Rossiyada o‘tgan Volvo Moda Haftaligida GULI liboslari uchun burchak tashkil qilingani haqida xabarlar berilgan.

Britaniyalik rok musiqasi yulduzi Sting 2009 yilda Toshkentdagi "muhtasham kechada Gulnora Karimovaga qo‘shiq kuylagani uchun" tanqidlar ostida qolgan edi.

2008 yilda Ispaniyalik mashhur qo‘shiqchi Xulio Iglesis Toshkentdagi Moda haftaligida ishtirok etgan, oldinroq Gulnora Karimova bilan "Besame mucho" qo‘shig‘ini birga kuylagan.

Gulnora Karimovaning kechalarini bezab bergan taniqli mashhurlar O‘zbekistonga million-million dollar gonorar hisobiga tashrif buyurishi aytiladi.

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.