BBC navigation

Olmoniya vakillari O‘zbekiston huquq faollari bilan uchrashdi

Сўнгги янгиланиш 1 ноябр 2012 - 12:19 GMT

Mustaqil inson huquqlari himoyachilari tashabbus guruhi rahbari Surat Ikromov

Toshkentga borgan Olmoniya tashqi ishlar vazirligining Markaziy Osiyo bo‘yicha vakili Ante Leyendertse o‘zbekistonlik faollar bilan mamlakatdagi inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyatni muhokama qilgan.

Olmoniya elchixonasi vakillari ham hozir bo‘lgan uchrashuvda Mustaqil inson huquqlari himoyachilari tashabbus guruhi rahbari Surat Ikromov, O‘zbekiston Huquq himoya alьyansi rahbari Yelena Urlayeva hamda O‘zbekiston Inson huquqlari mustaqil jamiyatining Jizzax viloyati bo‘limi raisi O‘ktam Pardayevlar ishtirok etishgan.

"Ayniqsa, ko‘proq O‘zbekistondagi huquq himoyachilar ahvoli, keyin diniy e‘tiqod bo‘yicha qamalishlar to‘g‘risida savollar bo‘ldi", deydi Surat Ikromov BBC bilan suhbatda.

Surat Ikromovga ko‘ra, Olmoniya vakillari avvalroq, O‘zbekiston Inson huquqlari milliy markazi rahbari Akmal Saidov va Oliy majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili, ombudsman Sayyora Saidova bilan ham uchrashishgan.

"Bizga ma‘lum bo‘lishicha, ular avval davlat inson huquqlari tashkilotlari bilan gaplashishgan...Keyin bizni chaqirishdi. Endi biz o‘zimizda bo‘lgan faktlar bo‘yicha gapirdik. Inson huquqlari bo‘yicha, diniy-siyosiy masalalardagi ahvol, paxta dalalarida yosh bolalarning majburiy mehnatga jalb qilinayotgani, shunga o‘xshagan sotsial masalalar bo‘yicha gapirdik", deydi Mustaqil inson huquqlari himoyachilari tashabbus guruhi rahbari.

Olmoniya vakili, o‘z navbatida, O‘zbekistondagi ahvolni o‘rganayotgani va to‘plagan faktlar bo‘yicha Tashqi ishlar vazirligiga hisobot tayyorlab topshirishini bildirgan.

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.