BBC navigation

"Dunyo bo‘ylab boylar va kambag‘allar orasidagi farq kengayib bormoqda"

Сўнгги янгиланиш 1 ноябр 2012 - 13:50 GMT

Dunyoda boylar va yo‘qsillar orasidagi tafovut kengayib bormoqda

Save The Children - "Bolalarni Asrang" xalqaro xayriya tashkiloti chiqargan yangi hisobotga ko‘ra, daromad taqsimotidagi global notenglik oxirgi yigirma yil ichida eng yuqori darajaga yetgan va hamon o‘sishda davom etmoqda.

Xayriya tashkilotiga ko‘ra, dunyo bo‘ylab bolalar o‘limi darajasi pasaygan, biroq bu ko‘rsatkich insonlarning qancha daromad ko‘rishiga qarab farq qiladi.

Notenglikning bu tarzda davom etishi insonlar turmush darajasini yaxshilash yo‘lidagi say-harakatlarga to‘sqinlik qilishi mumkin, deydi Save The Children.

Tashkilotning yangi hisoboti BMTning Qashshoqlikka qarshi kurash qo‘mitasida yuqori martabali anjuman boshlanishidan avval e‘lon qilinmoqda.

"O‘tgan o‘n yillar ichida dunyo bo‘ylab bolalar o‘limi keskin sur‘atda kamaydi va bolalarning sog‘lom ulg‘ayishlari uchun imkoniyatlar ko‘paydi. Biz endi bolalar o‘limiga yetaklovchi holatlarni tag-tugi bilan yo‘q qilish nuqtasiga yetay deb qoldik," - deydi Save the Children ijroiy direktori Jastin Forsis. - "Ammo boylar va yo‘qsillar o‘rtasidagi notenglikka e‘tibor qaratilmas ekan... ko‘zlangan maqsadga erisha olmaymiz".

Save The Children o‘tkazgan tadqiqotga ko‘ra, dunyoning rivojlanayotgan 32 mamlakatining aksarida 1990-yildan buyon davlat daromadining boylarga tegadigan ulushi ko‘paygan.

Ushbu mamlakatlarning beshdan birida yo‘qsillar daromadi mazkur davr ichida ozaygan.

Daromad taqsimotidagi farq ayniqsa bolalar turmushiga salbiy ta‘sir ko‘rsatmoqda.

Misol uchun, hisobotda ta‘kidlanishicha, Tanzaniyada boy oilalarda tug‘ilgan har mingta bola orasidagi o‘lim 135 tadan 90 taga kamaygan bo‘lsa, yo‘qsil oilalarda dunyoga kelgan har mingta bola orasidagi o‘lim 140 nafardan bor yo‘g‘i 137 taga tushgan.

--------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.