BBC navigation

"O‘zbek diktatorining qizi" Jerar Depardega filmda suratga tushishni taklif qildi

Сўнгги янгиланиш 2 ноябр 2012 - 14:28 GMT

Jerar Deparde sobiq Sovet ittifoqi respublikalarida yo‘lga qo‘yilgan loyihalarda ilk bor ishtirok etayotgani yo‘q

Britaniyada nashr etiluvchi The Independent ("Independent") gazetasi ma‘lum qilishicha, frantsuz kino yulduzi Jerar Deparde "O‘zbekiston shafqatsiz diktatorining qizi qalamiga mansub" stsenariy asosida olinajak filmda bosh rolni ijro etadi.

"Independent"ga ko‘ra, Gulnora Karimova muallifdoshlik qilgan film VI-asrda Markaziy Osiyoda yuz bergan hodisalar haqida hikoya qiladi va unda Jerar Deparde ovro‘polik rohib rolini ijro etadi.

"Aksariyat o‘zbeklar qashshoqlikda yashasa, Karimova xonim ko‘ngilxushlik bilan hayot kechiradi, zargarlik va moda buyumlari dizayni bilan shug‘ullanadi hamda yaqinda o‘z nomiga atalgan atir taqdim etdi" - deb yozadi "Independent".

Gazetaning ilova qilishicha, Karimova xonim mamlakatdagi biznes sohalarini o‘zlashtirib olishi uchun o‘z mavqe‘idan foydalanishda ayblangan.

Biroq Gulnora Karimova bu da‘volarni doimo inkor etib kelgan.

"Independent"ning bildirishicha, "Gugusha" taxallusi bilan sahnada "shirin pop qo‘shiqlarini" kuylovchi Gulnora Karimova yaqinda o‘zini "Ekzotik o‘zbek go‘zali" deya ta‘riflab, AQSh bozoriga kirishga uringan.

"O‘zbekistondagi loyiha bo‘yicha filmni olish qachon boshlanishi yoki frantsuz aktyoriga qancha pul to‘lanishi ma‘lum emas," - deya ilova qiladi gazeta.

Jerar Deparde yaqinda Rossiyada frantsuz kinochilari suratga olgan tarixiy filmda telba ruhoniy Grigoriy Rasputin rolini ijro etdi.

Aktyor, shuningdek, kelajakda qator ishqiy mojarolar girdobida qolib ketgan Xalqaro Valyuta Jamg‘armasining sobiq rahbari Dominik Srauss-Kan haqidagi filmda o‘ynashi kutilmoqda.

Jerar Deparde sobiq Sovet ittifoqi respublikalarida yo‘lga qo‘yilgan loyihalarda ilk bor ishtirok etayotgani yo‘q.

O‘tgan oy u inson huquqlarini surunkali poymol etishda ayblangan Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning tug‘ilgan kuni sharafiga o‘tkazilgan kechada ham ishtirok etgandi.

Frantsuz aktyori, "Independent"ning Moskvadagi manbaga iqtibosan ma‘lum qilishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan ham yaqin do‘stona aloqalarga ega.

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.
Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.