BBC navigation

Karzay: Prezidentlik saylovlarida xorijiy kuzatuvchilarga hojat yo‘q

Сўнгги янгиланиш 5 ноябр 2012 - 11:46 GMT

Afg‘oniston rahbari Homid Karzay 2014 yilga mo‘ljallangan prezidentlik saylovlarini kuzatuvchi komissiya tarkibida xorijiylarga o‘rin bermaslik borasidagi talabini takrorlagan.

Bu haqda u Kobulga borgan Italiya Bosh vaziri Mario Monti bilan bergan qo‘shma matbuot anjumanida gapirgan.

Prezident Karzayga ko‘ra, Afg‘oniston Saylov komissiyasida xorijlik kuzatuvchilarning bo‘lishi mamlakat suverentetiga putur yetkazadi.

Afg‘onistonda o‘tgan so‘nggi prezidentlik saylovlarida qallobliklarga yo‘l qo‘yilgani keng miqyosda tanqid ostiga olingandi.

Ijobiy o‘zgarishlarga umid

Afg‘onistonga safar qilayotgan Italiya Bosh vaziri Mario Monti 2014 yil Afg‘oniston uchun ijobiy o‘zgarishlar yili bo‘lishiga umid bildirgan.

Ayni paytda Monti janoblari Italiya qo‘shinlari Afg‘onistondan olib chiqib ketilganidan keyin ham ikki o‘rtada yaqin hamkorlik saqlanib qolinishini ta‘kidlagan.

O‘z o‘rnida Afg‘oniston rahbari Homid Karzay Italiyaning hozirgacha ko‘rsatgan yordamlari uchun minnatdorchilik bildirgan.

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.
Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring. BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.