BBC navigation

O‘z qizini "kislota sepib o‘ldirgan" ota-ona hibsga olindi

Сўнгги янгиланиш 5 ноябр 2012 - 15:45 GMT

Ota-onasining kislota sepishi natijasida Anusha badanining 60 foizdan ortiqrog‘i kuyib ketgan

Pokistonda 15 yashar qizini kislota sepib, o‘ldirish gumoni bilan uning ota-onasi hibsga olingan. Ikkovlonga ko‘ra, qizlari bir yigitga qaragani uchun shunday yo‘l tutishgan.

Otasining BBCga aytishicha, o‘zining xatti-harakatlari bilan qizlari Anusha oilalari sha‘niga dog‘ tushirishidan qo‘rqishgan.

Marhumaning onasiga ko‘ra, shunday o‘lim qizlarining "peshonasiga yozilgan" bo‘lgan.

Xabarlarga ko‘ra, ikkovlon o‘tgan hafta Kashmirda qo‘lga olinishgan.

Agar Pokiston Inson Huquqlarini himoya etish idorasining ma‘lumotlariga qaralsa, birgina o‘tgan yilning o‘zida 1.000 ga yaqin xotin-qiz "oilaning sha‘nini himoya etish" talqinida o‘ldirilgan.

Ustiga ustak bu 2010 yilgi raqamlar bilan solishtirganda 100 taga ko‘pdir.

Hodisa tafsilotlari

Agar Pokiston Inson Huquqlarini himoya etish idorasining ma‘lumotlariga qaralsa, birgina o‘tgan yilning o‘zida 1.000 ga yaqin xotin-qiz "oilaning sha‘nini himoya etish" talqinida o‘ldirilgan

Mahalliy politsiya idorasining bildirishicha, hodisa janubiy Kotli tumanidagi olis qishloqlarning birida yuz bergan.

Politsiya xodimlariga ko‘ra, ota-onasining qilgan ishidan o‘zlarini ularning to‘ng‘ich qizi xabardor qilgan.

Ota-onasining kislota sepishi natijasida Anusha badanining 60 foizdan ortiqrog‘i kuyib ketgan.

"Bunday qilmagin, deb avvalroq ogohlantirganimga qaramay, qizim Anusha mototsiklda kelgan yigitga ikki marta burilib qaradi. Katta qizim ham shundoq ish qilgani uchun allaqachon odamlarning gap-so‘zlari ostida qolib ketgandik", deb aytgan uning otasi Muhammad Zafar BBCga bergan suhbatida.

Onasi Zahin xonimga ko‘ra esa, "qizlari ataydan qilmagani, ortiq u yigitga qaramasligi"ni aytgan. "Ammo g‘isht qolipdan ko‘chib bo‘lgan ekan. Peshonasiga shunday o‘lish yozilgan ekan-da", deb aytgan onasi.

Ayon bo‘lishicha, otasi yigit ketgandan keyin Anushani uyga olib kirib, rosa kaltaklagan. Keyin xotinining yordami bilan qizining ustidan kislota quygan.

Mahalliy mulozimlarga ko‘ra, ikkovlon ertasi kun ertalabgacha qizlarini kasalxonaga olib borishmagan.

Er-xotinning aytishicha, to‘ng‘ich qizlari obro‘larini bir pul qilgani uchun, yana oilalarining sha‘niga dog‘ tushishini istashmagan.

Politsiya xodimlarining so‘zlariga qaralsa, bu kabi hodisa Kashmir mintaqasida deyarli kuzatilmaydi.

Shu yil mart oyida Pokiston hukumati mintaqada kislota hujumlarini sodir etganlar uchun bir umrlik qamoq jazosi ham tayin etgan.

--------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.
Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring. BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.