BBC navigation

"Russkiy marsh": hokimiyat ham millatchi va ham marshga qarshilarning tanqidi ostida

Сўнгги янгиланиш 5 ноябр 2012 - 12:16 GMT

Moskvada millatchilarning "Russkiy marshi" bo‘lib o‘tgan.

Tashkilotchilar mamlakatning 32 shahrida 25 ming odamni ko‘chaga chiqarishlari haqida e‘lon qilganlar.

Moskva huquq-tartibot organlari poytaxt markazida olti ming millatchi to‘plangani haqida xabar qilgan.

Marsh tugaganidan keyin uning tarqalayotgan qatnashchilari Moskva metrolaridan birida antifashist namoyishga borayotganlar bilan mushtlashganlari haqida xabar tarqalgan.

Moskvada millatchilar va aksilirqchilar mushtlashishgan
4 noyabr Rossiyada "Birdamlik kuni" deb e‘lon qilingan, bu bayram SSSR davridagi Ulug‘ Oktyabr Revolyutsiyasi kuni hisoblangan 7 noyabr bayrami o‘rniga tashkil qilingan.

"Russkiy marsh" tashkilotchilariga ko‘ra, bugun Rossiya hokimiyati tepasida rus bo‘lmaganlar o‘tirishipti.

Ular Kremlni Rossiyaga kelgan muhojirlarga va rus millatiga mansub bo‘lmagan etnik ozchilarga imtiyozlar berayotganlikda, haqiqiy ruslarning huquqlarini inkor etayotganlikda ayblaganlar.

Moskva ko‘chalari bo‘ylab o‘tayotganda millatchilar "Moskva ruslarning shahri" deb baqirganlar.

Rossiyada o‘tkaziladigan so‘rovlardan anglashilishicha, bugungi kunda mamlakatdagi rus millatiga mansub jami insonlarning yarmi markaziy osiyolik va qofqozliklarga salbiy qaraydilar.

Aksar kuzatuvchilar fikricha, Rossiya hokimiyatining so‘nggi 10 yildagi siyosati rus millatchiligi kuchayishiga olib keldi.

Prezident Vladimir Putin 2000-2008 yillardagi prezidentligi yillarida jamiyatda millatchilik unsurlari rivojlanishini rag‘batlab keldi.

Oqibatda Rossiya shaharlarida qofqozlik va markaziy osiyoliklarga hujumlar kuchaydi, ko‘plab insonlar millatchilar hujumlarini qurbonlari bo‘ldilar.

Moskvadagi "Sova" markaziga ko‘ra, 2007 yildan 2009 yilgacha 100 dan ortiq mehnat muhojiri o‘ldirilgan.

2010 yilda millatchi bezorilar bilan politsiyaning Kreml yaqinidagi to‘qnashuvidan keyin rus millatchilari chiqishlarini bostirish boshlandi.

Oldingi yillarda millatchilarga Moskva chetida marsh uyushtirishlariga ruxsat berilgan bo‘lsa, bu yil poytaxt markazida ushbu aktsiyaga izn berilgan.

"Biz Markaziy Osiyodan muhojirlar oqimi to‘xtatilishini talab qilamiz. Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan viza rejimini joriy qilish kerak. Viza rejimi Afg‘onistonda ishlab chiqarilgan geroin oqimini to‘xtatish, Afg‘oniston, Tojikiston, O‘zbekiston va boshqa Markaziy Osiyo mamlakatlaridan giyohvand moddalar oqimini to‘xtatish uchun muhim", deb aytgan marsh tashkilotchilaridan Vladimir Tor.

Ayni paytda Rossiyadagi muhojirlar va qofqozliklar ham Rossiya hukumatini millatchilarni qo‘llab-quvvatlayotganlikda ayblashadi.

O‘zbekistonlik inson huquqlari himoyachisi Bahrom Hamroyev fikricha, aksildemokratik siyosat yuritayotgan Rossiya hukumati jamiyatda mavjud muammolardan jamoatchilik fikrini chalg‘itish maqsadida millatchilarning Moskva markazida yurish o‘tkazishiga izn bergan.

"Bu aslida millatchilarning markazdan boshqarilishini, markazning ruxsatini bildiradi", deydi Bahrom Hamroyev.

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.