BBC navigation

Suriya markazida sodir etilgan xudkushlik hujumida ko‘plab insonlar halok bo‘ldi

Сўнгги янгиланиш 5 ноябр 2012 - 15:23 GMT

Xudkushlik hujumida, bir faolga ko‘ra, kamida 50 nafar hukumat askari o‘ldirilgan

Davlat matbuoti va faollarga ko‘ra, Suriya markaziy mintaqasida sodir etilgan xudkush bomba hujumida ko‘plab odamlar halok bo‘lgan.

Rasmiylar so‘zlariga ko‘ra, portlash Hama viloyati Ziyara qishlog‘ida joylashgan davlat rivojlantirish agentligi binosi tashqarisida yuz bergan.

Biroq, bir faolga ko‘ra, armiya nazorat nuqtasi nishonga olingan va kamida 50 nafar askar halok bo‘lgan.

Qatarda Suriya Milliy Kengashi safi mamlakat ichkarisidagi muxolifat faollari va guruhlari hisobiga yana 400 nafarga kengaygan.

Bu haqda Dohada bo‘lib o‘tayotgan anjumanning ikkinchi kunida e‘lon qilingan.

Anjuman xorijdagi muxolifat faollar ichkarisidagi muxolif kuchlar manfaatini himoya qila olmayotgani haqidagi tanqidlarni aritishga qaratilgan.

Payshanba kuni Suriya Milliy Kengashi a‘zolari AQSh tomonidan taklif qilingan 50 shaxsdan iborat rahbariyatni tayinlash masalasini ko‘rib chiqadi.

Ta‘sis etilajak ushbu rahbariyat Suriya ichkarisida faoliyat ko‘rsatayotgan asosiy muxolif guruhlar nomidan gapirish huquqiga ega bo‘ladi.

Ushbu rejani taqdim etgan taniqli dissident Riyad Sayif isyonchilar nazorati ostida bo‘lgan hududlarda yangi hukumat ta‘sis etilishini e‘lon qilgan.

U asosan Suriya Milliy Kengashi a‘zolaridan tarkib topishi kutilmoqda. Biroq, ba‘zi muxolifat namoyandalari bu say-harakatlar natija berishiga ishonishmaydi.

So‘nggi kunlarda Suriya hukumati kuchlari poytaxt Damashq atrofidagi muxolifat mavqe‘lariga hujumlarni kuchaytirdi, deyishadi faollar.

Harbiy uchoqlar va artilleriya vositasida Hajar al-Asvad, Tadamon va Yarmuq Falastinlar jamlog‘i bombalangani xabar qilinadi.

--------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.