BBC navigation

Obama va Romni: saylovoldi kurashlarining oxirgi kuni

Сўнгги янгиланиш 5 ноябр 2012 - 13:29 GMT

ABC News va Washington Post yaqinda o‘tkazgan so‘rov natijalariga ko‘ra, hozirda har ikkala nomzodni ham saylovchilarning 48% qo‘llab-quvvatlaydi.

Amerika prezidentligiga nomzodlar - joriy prezident Obama va uning respublikachi raqibi Mitt Romni uchun o‘z tarafiga iloji boricha ko‘proq saylovchilarni jalb etishga bor-yo‘g‘i bir kun qoldi.

Obama va Romnining elektron reytinglari 48 foizga yetgan va tahlichilar saylov qanday yakunlanishini bashorat qilishga qiynalishmoqda.

"Biz amerikaliklarmiz - biz hamma narsaga qodirmiz", - deya bayonot berdi respublikachi-nomzod Mitt Romni Ohayoda bo‘lib o‘tgan saylovoldi yig‘inida.

Ohayo - saylov yakunlarida hal qiluvchi shtatlardan biridir.

Nyu-Hampshirda chiqish qilgan Barak Obama esa: "Orqaga qaytishga yo‘l yo‘q, biz ancha ilgarilab ketdik," - deb aytgan.

ABC News va Washington Post yaqinda o‘tkazgan so‘rov natijalariga ko‘ra, hozirda har ikkala nomzodni ham saylovchilarning 48% qo‘llab-quvvatlaydi.

Hal qiluvchi shtatlar uchun kurash

Romni Ohayo shtati ortidan Pensilvaniya va Virjiniyaga yo‘l olgan, Obama esa Florida, Ohayo va Koloradoga boradi.

Ikkala nomzod ham har bir shtatdan ikkinchi shtatga safar qilish va kimga ovoz berishini bilmay turgan amerikaliklarni o‘z tarafiga og‘dirish umidida muntazam uchrashuvlar o‘tkazishdan charchagan ko‘rinadi.

Nyu-Hampshir shtatining Konkord shahrida Barak Obama Vashingtonda yuzaga kelgan "siyosiy pat" vaziyatidan chiqib ketish uchun respublikachilar bilan ishlashga tayyor ekani, biroq tibbiy sug‘urta tizimi va talabalarga moliyaviy yordam kabi muhim masalalarda murosaga borishga tayyor emasligini e‘lon qildi.

O‘z navbatida Mitt Romni Ayova shtatidagi Des-Moynes shahrida saylovchilar bilan uchrasharkan: "Bizning taraqqiyotimiz yo‘lida g‘ov bo‘lib turgan yagona narsa - bu liderlarning yetishmasligidir. Shuning uchun biz saylovlarni o‘tkazayapmiz," - deb aytdi.

Yonma-yon

Ohayodagi BBC muxbiri Brijit Kendallning aytishicha, prezidentlikka nomzodlar aynan shu shtatda o‘z targ‘ibotini faolroq olib borishmoqda.

Hozirga qadar Ohayo shtati qo‘llab-quvvatlamagan respublikachilarning birorta ham nomzodi prezident bo‘la olmagan.

Romnini ko‘proq oq tanli amerikaliklar, keksalar va dindor saylovchilar qo‘llab-quvvatlashadi. Obamani esa ayollar, oq bo‘lmagan amerikaliklar va yoshlar dastaklaydi.

Saylov natijalarida hal qiluvchi ahammiyatga ega to‘qqiz shtatning aksarida Obama oldinda bormoqda.

Bu farq Ayova, Nevada va Ohayoda yaqqol ko‘zga tashlansa, boshqa shtatlarda ikkala nomzodni ham dastaklovchi saylovchilar yetarlichadir.

--------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin. Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.