BBC navigation

Rossiyadagi yong‘inda ikki o‘zbek halok bo‘lgan

Сўнгги янгиланиш 5 ноябр 2012 - 12:06 GMT

Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berishicha, yakshanbaga o‘tar kechasi Moskva viloyati Odintsov tumani "Barvixa-21" posyolkasida yong‘in kelib chiqqan.

Yong‘in natijasida uch kishi halok bo‘lgani, ulardan ikkitasi O‘zbekiston fuqarolari, biri qirg‘izistonlik ekani aytilmoqda.

Ma‘lumotlarga ko‘ra, bir qavatli g‘ishtlik binoda yong‘in boshlangani haqida xabar yong‘in o‘chirish xizmatlariga soat 4 larda kelib tushgan.

Yong‘in 20 daqiqalar atrofida o‘chiriladi. Biroq bino ichida bo‘lgan odamlarni qutqarishning imkoni bo‘lmagan.

Hodisa sodir bo‘lgan joydan isitish moslamasi topilgan. Taxminlarga ko‘ra, isitish moslamasidan noto‘g‘ri foydalanish oqibatida yong‘in kelib chiqqan bo‘lishi mumkin.

Yong‘inni o‘chirishga 28 kishi va sakkizta o‘t o‘chirish mashinasi jalb qilingan.

Rossiyaga ish izlab borgan millionlab markaziy osiyoliklar yashash uchun qulay bo‘lmagan, moslashtirilgan sharoitlarda yashab pul topishlari aytib kelinadi.

Bu esa turli baxtsiz hodisalarning yuz berishiga sabab bo‘lib kelmoqda.

Shu yilning aprel oyida Moskva bozorlaridan birida chiqqan yong‘inda 17 mehnat muhojiri halok bo‘lgan, ularning hammasi bozorda yashab kelgan markaziy osiyolik ekani aytilgandi.

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.
Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring. BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.