BBC navigation

Rossiya Mudofaa vaziri ishdan olindi

Сўнгги янгиланиш 6 ноябр 2012 - 13:07 GMT

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin korruptsiyaga bog‘liq mojarolar ortidan Mudofaa vaziri Anatoliy Serdyukovni vazifasidan chetlatgan.

Uning o‘rniga vazir etib, Putinning yaqin ittifoqchilaridan biri - Favqulodda holatlar bo‘yicha sobiq vazir va Moskva viloyati gubernatori Sergey Shoyguni tayinlangan.

Mazkur qaror vazirlikka tegishli qo‘shma korxona ustidan tekshiruvlar boshlanishi ortidan olingan. Serdyukov o‘tgan oy davlat nazoratidagi "Oboronservis" xolding shirkati atrofidagi mojarolar markazida qolgandi. Ayni shirkat davlatga tegishli mulklarni tijoriy firmalarga bozorda narxidan past qiymatda sotganlikda gumon qilinadi.

Janob Putin "xolis tekshiruvlarga sharoit" yaratish maqsadida Serdyukovni ishdan olganini aytgan.

Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskovga ko‘ra, janob Serdyukovning ishdan olishga shaxsan hukumat rahbarining o‘zi qaror bergan.

Sergey Shoygu esa, Bosh vazir Dmitriy Medvedev tavsiyasi bilan yangi Mudofaa vaziri etib tayinlangan.

---------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.